16 jan 18:55
Yangiliklar
Boks/MMA
Humoyun To'xtamurodov ham "Humo Arena"da jang qiladi (VIDEO)
30 yanvar kuni Toshkentda qo'lqopsiz janglar bo'yicha PRIME FC turniri o'tkaziladi.
Musobaqa doirasida o'zbekistonlik taniqli aralash yakkakurash ustasi Humoyun To'xtamurodov ham chiqish qiladi. Bu haqda sportchining o'zi Instagram sahifasi orqali xabar bergan.
Hozircha To'xtamurodovga turnirda kim raqib bo'lishi nomalum.
Toshkent mezbonligidagi PRIME FC turnirining markaziy jangi hamyurtimiz Bobur Qurbonov hamda rossiyalik UFC sobiq jangchisi Denis Tyulyulin o'rtasida kechadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar