19 jan 10:38
Yangiliklar
Boks/MMA
Humoyun To'xtamurodovning keyingi raqibi elon qilindi (POSTER)
O'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Humoyun To'xtamurodov 30 yanvar kuni Toshkentda o'tkaziladigan qo'lqopsiz janglar bo'yicha PRIME FC turnirida qatnashadi.
Hamyurtimizning musobaqa doirasidagi raqibi nomi ham malum bo'ldi. Unga ko'ra, To'xtamurodov "Humo Arena" mezbonlik qiladigan turnirda belaruslik Artyom Buloychik bilan to'qnash keladi.
27 yoshli Humoyun MMAdagi faoliyati davomida 19 ta jang o'tkazib, 14 ta g'alaba va 5 ta mag'lubiyatni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan. 32 yashar Buloychik hisobida esa 9 g'alaba va 9 mag'lubiyat bor. U ACA Ligasi vakili hisoblanadi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar