So’nggi yangiliklar

19:50ЎФА вице-президенти Одил Аҳмедов терма жамоанинг ноябрдаги рақиблари масаласига ойдинлик киритди 0 19:19IBA ЖЧ-2027 учун мукофот жамғармаси эълон қилди 0 18:48Сибирцев Остонада ўтаётган Жаҳон кубогида шоҳсупага кўтарилди 0 18:17Исроил Мадримовнинг вазнида WBC рейтинги янгиланди 0 17:46Суперлига. Бугун 24-турга старт берилади 0 17:15Мағлубиятсиз Фарид Башарат UFC ростеридан чиқарилди 0 16:44UFC президенти Раҳмонов ва мағлубият нималигини билмай келаётган нокаутчи ўртасидаги жанг ҳақида баёнот берди 0 16:13Дэвид Бенавидес Биволни танқид қилди 0 15:42Мбаппе Лео Мессидан ўтиб кетди 0 15:11Жан Сильва: "Пратес билади, агар Махачевга зарба берса, жанг якунланади" 0 14:40Кормье Перейранинг даъволарига жавоб қайтарди: "Дўст деб ўйлагандим" 0 14:09Алекс Перейра Павлович билан жангни эмас, чемпионлик камари учун курашишни кутганини айтди 0 13:38Sofascore. Ҳусанов ва унинг шериклари кечаги баҳсдаги ҳаракатларига неча баҳо олишди? 0 13:07Пэдди Пимблетт октагонга қайтиш муддатини маълум қилди 0 12:36Тошкентда кикбоксинг бўйича Жаҳон кубоги ўтказилмоқда (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0

15 okt 19:19
Yangiliklar

Boks/MMA

IBA JCH-2027 uchun mukofot jamg'armasi elon qildi

Xalqaro boks associaciyasi (IBA) 2027 yilgi jahon chempionati uchun umumiy mukofot jamg'armasi 20 mln dollar bo'lishini malum qildi.

Musobaqa g'oliblari esa 1 mln dollardan mukofot oladi.

Bu haqda IBA prezidenti Umar Kremlyov Istanbuldagi matbuot anjumanida malum qilgan.

Uning so'zlariga ko'ra, jahon chempionati IBA uchun asosiy musobaqa hisoblanadi. 2025 yilda Dubayda o'tkazilgan JCHning mukofot jamg'armasi 8 mln dollarni tashkil etgan edi.

"Keyingi jahon chempionatining mukofot jamg'armasi 20 mln dollar bo'ladi. Birinchi o'rin sohibi 1 mln dollar oladi", — deydi Kremlyov.

IBA World Boxing bilan muloqotga tayyor

Kremlyov World Boxing bilan kelajakdagi ehtimoliy hamkorlik yoki birlashish haqidagi savolga ham javob berdi.

U IBA ushbu tashkilot bilan muloqotga ochiq ekanini, tomonlar o'rtasida nizo yoki qarama-qarshilik bo'lmasligi kerakligini takidladi.

"Eng muhimi, bokschilarga qulay bo'lishi kerak. Biz muloqotga ochiqmiz", — deb aytdi IBA prezidenti.

Musobaqalar taqvimi muvofiqlashtirilishi mumkin

Kremlyov IBA va World Boxing musobaqalari taqvimlarini bir-biriga moslashtirish tarafdori ekanini ham bildirdi.

Uning aytishicha, asosiy maqsad sportchilarning turli tashkilotlar turnirlarida qatnashishiga to'sqinlik qilmaslik va havaskor hamda professional boks o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.

Kremlyov Gennadiy Golovkinning boksdagi faoliyatiga yuqori baho berib, uni "afsonaviy sportchi" deb atadi.

SHuningdek, IBA prezidentining malum qilishicha, World Boxing turnirlarida sovrinli o'rinlarni egallagan bokschilar IBA jahon chempionatiga saralash imkoniyatiga ega bo'ladi. Olimpiada chempionlari va sovrindorlari esa IBA reytingiga kiritilib, jahon chempionatida saralashsiz qatnashishi mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing