08 iyu 07:13
Yangiliklar
Boks/MMA

IBF chempioni Joshuaning keyingi raqibi – Stivern
Professionalning boksning superog'ir vazn toifasida IBF yo'nalishi chempioni Entoni Joshua (17-0, 17 KO) o'zining navbatdagi chempionlik himoya jangini katta ehtimol bilan kanadalik Bermeyn Stivernga (25-2-1, 21 KO) qarshi o'tkazadi.
Ayni paytda Joshuaning jamoasi Stivern bilan muzokaralarni boshlagan. Jang shu yilning noyabr oyida o'tkazilishi rejalashtirilgan. Bermeyn WBS yo'nalishida sobiq jahon chempioni hisoblanadi. Davogarlar orasida Xyui Fyuri (20-0, 10 KO), Erik Molina (25-3, 19 KO) singari bokschilar bor.
Eslatib o'tamiz, britaniyalik chempion Entoni Joshua o'zining ilk himoya jangida Dominik Brizilni (17-1, 15 KO) nokautga uchratgan edi.
Havola :
Fikrlar