17 apr 10:15
Yangiliklar
Boks/MMA

IBF Jalolovning vazn toifasida Eliminator jangini elon qildi
Xalqaro boks federaciyasi (IBF) ushbu jangning o'tkazilishiga buyruq berdi.
Gap xorvatiyalik Filipp Xrgovich (18-1, 14 KO) hamda kubalik Frank Sanches (24-0, 17 KO) o'rtasidagi janghaqida bormoqda. Bu haqda xabar bergan Den Rafaelning malum qilishicha, jang final Eliminator maqomida o'tkaziladi.
Har ikki jamoa allaqachon boshlangan muzokaralarda ishtirok etishga tayyorligi haqida federaciyani xabardor qilgan. Ehtimoliy jang g'olibi amaldagi chempion Daniel Dyubua egallab turgan kamar uchun majburiy davogarga aylanadi.
Malumot uchun, mazkur vazn toifasida faoliyat olib borayotgan o'zbekistonlik prof bokschi Bahodir Jalolov (17-0) yaqinda o'tkazgan jangidan keyin IBF reytingida kiritilib, 13-o'ringa joylashtirildi.
Havola :
Manba : x.com/DanRafael1
Fikrlar