30 iyu 09:15
Yangiliklar
Boks/MMA

IBF: Joshua 9 yanvargacha Parker bilan jang qilishi shart
Professional boksning superog'ir vazn toifasida IBF yo'nalishi chempioni britaniyalik Entoni Joshua o'zining navbatdagi himoya jangini kamida 9 yanvargacha Yangi Zelandiya vakili Jozef Parkerga qarshi o'tkazishi shart.
IBF tashkiloti ana shu majburiyatni Joshuaga yukladi. Parkerga qarshi jang kamida 2017 yilning 9 yanvarigacha o'tkazilishi lozim.
Eslatib o'tamiz, Entoni 25 iyun kuni Londonda IBF chempionlik kamarini ilk bor amerikalik 30 yoshli Dominik Brizildan himoya qilgandi. U o'sha jangda raqibini ettinchi raundda texnik nokautga uchratgan edi.
Havola :
Fikrlar