06 mar 07:03
Yangiliklar
IBF yana Bivolga imkoniyat bermoqda
SHu tariqa, IBF, WBA va WBO yo'nalishlari chempioni Dmitriy Bivol hamda majburiy davogar Mixael Ayfert jang bo'yicha ikki tomonlama kelishuvga erishish uchun yana vaqtga ega bo'lishdi.
Rossiyalik 35 yoshli Bivol o'tgan yilning avgust oyida uzoq tanaffus hamda bel operaciyasidan so'ng ringga qaytmoqda. Agar Bivol 28 yoshli germaniyalik bokschiga qarshi majburiy himoyadan voz kechsa, IBF chempionlik kamaridan mahrum bo'lardi.
Mixael Ayfert 2023 yilda IBF chempionligi uchun majburiy davogarga aylangan bo'lsa, 2024 yilda Bivol va Artur Beterbiev yarim og'ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni unvoni uchun jang o'tkazishga olti xonali tovon puli to'lashga rozi bo'ldi.
Qizig'i, Ayfert 2024 yil avgustidan buyon ringga ko'tarilmagan.

Fikrlar