So’nggi yangiliklar

17:20Нурсултон Рўзибоевга мағлуб бўлган рус жангчисига янги рақиб берилди (ПОСТЕР) 0 16:43Расман: Диёр Имомхўжаев яна 4 йил ПФЛни бошқаради 0 16:14Мурат Гассиевнинг Баходир Жалолов билан жанг бўйича позицияси маълум бўлди 0 15:45Икки нафар ёш курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлишди 0 15:18Қозоғистон ўзбекистонлик ММА жангчисини халқаро қидирувга берди 0 14:532026/27 йилги мавсумда дунёнинг энг қиммат 10 та футбол клуби номи маълум қилинди 0 14:19Энтони Жошуа - Тайсон Фьюри жанги қаерда ва қачон ўтказилиши айтилди 0 13:42Шон О`Мэлли танаффус олди: "Бир муддат кутиб тураман" 0 13:13Хамзат Чимаев UFC`га мурожаат қилди: "Нимани кутяпмиз?" 0 12:41"Ал Ҳилол" Англия терма жамоаси аъзосига 45 миллион фунт таклиф қилди 0 12:18Жо Роган Махачевга Йен Гэрри билан бўлган жангдан сўнг маслаҳат берди 0 11:43Кормье Нурмагомедовга: "Вақтни беҳуда сарфлашни бас қил" 0 11:17Пара академик эшкак эшувчиларимиз Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 10:46ESPN талқинига кўра дунёнинг энг яхши ҳужумкор ярим ҳимоячиси аниқланди. Беллингем – 2, Шерки – 4, Мактоминей – 8-ўринда! 0 10:20Махачевнинг мураббийи: "Ислам Хабибдан ўзиб кетди" 0

26 iyu 05:57
Yangiliklar

Tadbirlar

“Ichan qala” bo'ylab sog'lom hayot uchun 5000 qadam FOTOREPORTAJ

Xiva shahrida “Sog'lom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida piyoda yurish bo'yicha marafon uyushtirildi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining 2020 yil 9 iyundagi “COVID-19 pandemiyasi davrida hududlarda sport turlari bo'yicha mashg'ulotlar, musobaqalar hamda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tashkil etish to'g'risida”gi buyrug'iga asosan, Xorazm viloyatida sanitariya qoida va meyorlariga rioya qilingan holda tegishli ishlar amalga oshirilayotir. 

Jumladan, Xiva shahrida “Sog'lom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida piyoda yurish bo'yicha uyushtirilgan marafon ham ana shular sirasiga kiradi.

Tabir joizki, Xorazm  viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan uyushtirilgan  mazkur tadbir ertalabki badantarbiya mashg'uloti bilan boshlandi. Qadimiy shaharning memorchilik yodgorligi – “Ota darvoza” oldida tashkil etilgan badantarbiya mashqlarini sport faxriylari va sportsevarlar faollik bilan bajarib, salomatliklarini yanada mustahkamlashdi.

So'ngra, tadbir ishtirokchilari birgalikda “Ochiq osmon ostidagi muzey-shahar” tarifini olgan Xivaning “Ichan qala” davlat muzey qo'riqxonasi bo'ylab belgilangan masofani bayramona ko'tarinkilik va xush kayfiyatda bosib o'tishdi. Bu bilan ular piyoda yurishning foydasini, sog'lom turmush tarzini targ'ibot qilishib, jismoniy tarbiya va sport bilan hamnafas ekanligini isbotlashdi.

Ikrom XUDOYBERGANOV tayyorladi (Xiva, Xorazm) 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing