10 avg 09:42
Yangiliklar
Tennis

Iga Svyontek Potapovaga beshta geym berdi
Dunyoning uchinchi raketkasi Iga Svyontek AQSHning Cincinatti shahrida o'tkazilayotgan WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnirdagi yurishini boshladi.
Polshalik tennis malikasi ikkinchi bosqichda WTA reyingida 45-o'rinni egallab turgan rossiyalik Anastasiya Potapovani ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/1, 6/4. Bu tennis malikalarining o'zaro ikkinchi uchrashuvi edi - 2:0.
Etmish to'rt daqiqa davom etgan bahsda Svyontek 4, Potapova 2 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Ikkala tennischi ham 4 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ygan. Endi Iga uchinchi bosqichda Marta Kostyukka qarshi kortga chiqadi. Ukrainalik tennischi ikkinchi bosqichda germaniyalik Tatyana Mariyani tor-mor etdi - 6/0, 6/1.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar