10 okt 07:11
Yangiliklar
Tennis

Iga Svyontek Wuhan Open 1/4 finalida!
Dunyoning ikkinchi raketkasi Iga Svyontek Xitoyning Uxan shahrida davom etayotgan WTA 1000 toifasiga kiruvchi nufuzli tennis turnirining 1/4 final ishtirokchisiga aylandi.
Polshalik tennis malikasi 1/8 finalda WTA reytingida 15-o'rinda borayotgan shveycariyalik Belinda Benchichni mag'lubiyatga uchratdi - 7/6(2), 6/4. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob Iga foydasiga yanada yiriklashdi - 5:1.
Ikki soatu 10 daqiqa davom etgan bahsda Svyontek 8, Benchich 1 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar ikkala tennischida ham bir xilda bo'ldi - 2 tadan. Breyklar bo'yicha Svyontek ustunlikka ega - 4 ga 3. Endi polshalik tennischi Wuhan Open 1/2 final chiptasi uchun italiyalik Jasmin Paoliniga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar