07 dek 18:33
Yangiliklar
Tennis
Iga Svyontekda so'nggi o'n yillikdagi eng yaxshi natija
Sayyoramizning birinchi raqamli tennis malikasi Iga Svyontek so'nggi 10 yillikdagi eng yaxshi natijani qayd etdi.
Gap shundaki, polshalik tennischi yakuniga etgan mavsumda 68 ta uchrashuvda g'alaba qozondi. Bu mavsum-2023ning eng yaxshi natijasi hisoblanadi. 2022 yilda u 67 ta bahsni o'z foydasiga hal qilgandi. Lekin o'tgan yili mag'lubiyatlari 9 ta edi. Bu mavsum u 11 bor mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.
Bu borada eng yaxshi ko'rsatkich Serena Uilyamsda bo'lib, amerikalik raketka ustasi 2013 yilgi mavsumda 78 ta uchrashuvda zafar quchgandi. O'n yil oldingi mavsumda Serena bor yo'g'i 4 ta bahsda kortni boshi egik holda tark etgan edi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar