So’nggi yangiliklar

15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0 10:38Чимаев RAF турнирида собиқ UFC чемпионига қарши курашади, Ковингтон сафдан чиқди 0 10:07Келаси ҳафта Тошкентга келадиган Тедди Ринер Франция президентлиги сайловида қатнашмоқчи 0 09:36Месси, Мбаппе, Ямаль, Родри, Беллингем FIFPro йил рамзий терма жамоасидан жой олди, Кейн ва Роналду эса йўқ! 0 09:05ATP рейтинги янгиланди. Биринчи ракеткамиз 40 поғонага пастлади. Рейтингда янги ўзбек! 0

11 iyu 17:28
Yangiliklar

Futbol

Igamberdiev Masharipov atrofidagi bahs haqida: "Grija" JCHga bir hafta qolganida paydo bo'lib qolmaydi"

O'FA terma jamoalar bo'limi sobiq boshlig'i SHerzod Igamberdiev Jaloliddin Masharipov bilan bog'liq vaziyat xususida fikr bildirdi.

"Menimcha, agar siz o'yinchini allaqachon chaqirgan, u 1 oydan beri terma jamoa ixtiyorida bo'lsa, barcha tibbiy ko'riklardan o'tgan, shuncha vaqt jamoa bilan birga — Toshkentda, keyin Amerikada shug'ullangan bo'lsa, 1 iyunga kelib uni 26 kishilik ro'yxatda bo'lishi kerak deb hisoblab, bu haqda elon qilgan bo'lsangiz, uni Jahon chempionati uchun rasman ro'yxatdan o'tkazgan bo'lsangiz-u, endi "to'satdan" unda umurtqa pog'onasi churrasi (grija) aniqlanganini aytish — bu shunchaki noprofessionallik va futbolchiga nisbatan adolatsizlik. Oldin "grija" yo'qmidi?

Umurtqa pog'onasi churrasi to'satdan paydo bo'lib qolmaydi, JCHga 1 hafta qolganida. Bundan tashqari, "grija" O'zbekistondan tashqari ko'plab futbolchilarda bor. U "shu" grija bilan JCHga chiqish uchun bo'lgan o'yinlarda maydonga tushib, sog'lig'ini xavf ostiga qo'ygan va bizga kerak bo'lgan paytda undan foydalanganmiz. Qatarda SHoma va Otabek jarohat olganda, u kasal holida, isitma bilan maydonga tushganda va biz bilan Laosga uchib borganda, keyin esa holsizlikdan o'rnidan tura olmay 2 kun xonasidan chiqmaganida, biz unga ovqat tashigandik. SHunga qaramay, biz undan foydalanganmiz va o'shanda hech kim "grija" haqida eslamagandi, chunki bizga natija kerak edi. Endi esa Jahon chempionati boshlanishiga 1 hafta qolganida, biz "to'satdan" unda "grija" borligini aniqladik.

U "grija"ni uzoq yillar davomida terma jamoamiz shanini himoya qilib orttirgan. Endi esa u keraksiz bo'lib qoldi. Juda xunuk holat", – dedi Igamberdiev.

Avvalroq O'FA Masharipovning holati bo'yicha rasmiy bayonot bergan edi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing