06 okt 08:29
Yangiliklar

III "MDH o'yinlari". O'zbekiston aralash jamoaviy bellashuvlar kumush medali sovrindori + FOTOGALEREYA
Musobaqaning ikkinchi kuni terma jamoalar o'rtasida aralash jamoaviy bellashuvlar tashkil etildi. Finalga qadar Belarus va Rossiya terma jamoalarini mag'lubiyatga uchratgan dzyudochilarimiz III "MDH o'yinlari"ning kumush medaliga sazovor bo'lishdi.
Oltin medallar uchun kechgan murosasiz final bahsida dzyudochilarimiz mezbonlar Ozarbayjon terma jamoasiga imkoniyatni boy berib qo'yishdi. Muhim bellashuvlarda hakamlar mezbonlarga yon bosgan holatlar ham bo'ldi, afsuski.
Eslatib o'tamiz, musobaqaning yakkalik bahslarida dzyudochilarimiz 2 ta oltin, 2 ta kumush, 8 ta bronza, jami 12 ta medal bilan umumjamoa hisobida kuchli uchlikdan joy olishgan edi.
Yakkalikdagi g'olib va sovrindorlarimiz:
Oltin medallar
+70 kg: Zarina Bobonazarova
+90 kg: Alibek Durdiev
Kumush medallar
-48 kg: Saodat Qoraboeva
-90 kg: Musurmonqul Axrorov
Bronza medallar
-40 kg: Mohinur Ollaberganova
-44 kg: Alina Kolyucheva
-52 kg: Nigina Umrzoqova
-57 kg: Maftuna Ahmedova
-60 kg: Dilshod Karimov
-63 kg: Zuhrajon Umarova
-66 kg: Sanjarbek Ashurov
-73 kg: Sadullo Ravshanov
Fikrlar