09 okt 07:32
Yangiliklar
Dzyudo

III "MDH o'yinlari" qahramonlari tantanali kutib olindi FOTOREPORTAJ
Ozarbayjonning Go'ygul shahrida o'tkazilgan III "MDH o'yinlari" kompleks musobaqasi dasturidan o'rin olgan dzyudo bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi Vatanga qaytdi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida muzaffar sportchilarimizni Sport vazirligi hamda O'zbekiston dzyudo federaciyasi mutasaddilari, dzyudochilarimiznining oila azolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari kutib olishdi.
Eslatib o'tamiz, III "MDH o'yinlari"ning yakkalik bahslarida dzyudochilarimiz 2 ta oltin, 2 ta kumush, 8 ta bronza, jami 12 ta medal bilan umumjamoa hisobida kuchli uchlikdan joy olishgandi. Aralash jamoaviy bellashuvlarda esa finalga qadar Belarus va Rossiya terma jamoalarini mag'lubiyatga uchratgan dzyudochilarimiz musobaqaning kumush medaliga sazovor bo'lishgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar