26 fev 10:15
Yangiliklar
Dzyudo
IJF prezidenti Marius Vizer Toshkentga etib keldi
Ertaga poytaxtimizdagi "Humo Arena" sport majmuasida dzyudo bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi OTP Group Tashkent Grand Slam 2026 turniri start oladi.
Xalqaro dzyudo federaciyasi prezidenti Marius Vizer Toshkent xalqaro aeroportida Sport vaziri Adham Ikramov, Osiyo Olimiya Kengashi vice-prezidenti, Milliy Olimpiya qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Otabek Umarov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov tomonidan kutib olindi.
Martabali mehmon poytaxtimiz mezbonligida o'tadigan Toshkent "Katta Dubulg'a" turnirini kuzatish barobarida qator rasmiy tadbir va uchrashuvlarda ishtirok etadi.










Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar