So’nggi yangiliklar

00:50Рамазон Темиров, Хотамбек Бойназаров, Амирхон Алихўжаев ва бошқа юлдузлар жанг қилган Mangu 1 турнирининг барча натижалари битта саҳифада 1 00:48Хотамбек Бойназаров иштирокидаги Mangu MMA 1 турнирининг марказий жанги муддатидан олдин якунланди 0 00:27Рамазон Темировнинг Тошкентдаги жанги тўлиқ давом этди 0 00:06ДАҲШАТ! Амирхон Алихўжаевнинг жанги илк раундда кутилмаган натижа билан якунига етди 0 23:58Фурқатбек Ёқубов бразилиялик жангчига ҳеч қандай имкон қолдирмади 0 23:36Муҳиддин Мамажонов қирғизистонлик рақибига қарши тўлиқ жанг ўтказди 0 23:09Mangu 1. Суҳроббек Атажанов иштирокидаги жанг иккинчи раунддаёқ якунланди 0 21:51Octagon League'нинг ўзбекистонлик собиқ чемпиони иштирокидаги жанг биринчи раунддаёқ якунланди 0 21:18"Дэвис кубоги". Нигерия ва Ўзбекистон ўртасидаги илк кунги учрашувлар якунланди 0 20:35Конор Макгрегорнинг ўзбекистонлик спарринг шериги Mangu 1 турнирида жанг қилди 0 19:38Mangu 1 турнирининг йирик жангларидан бири бекор бўлди 0 18:34Қишки Олимпиаданинг илк олтин медали Швейцарияга насиб этди 0 18:02Камилла Раҳимова Руминиядаги WTA 250 турнирининг жуфтлик баҳсларида ғолиб бўлди 0 17:39"Манчестер Юнайтед" Луис Энрикега мурожаат қилди. Испаниялик ўз жавобини берди 0 17:03Айтжан Халмаханов Zagreb Open турнири чемпионига айланди 0

30 iyu 10:16
Yangiliklar

Kurash

IKA prezidenti Haydar Farmon ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi + FOTO

Teglar :  IKAHaydar Farmon
O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida Xalqaro kurash associaciyasining matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov shu kunlarda amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo'lib turgan Xalqaro Kurash associaciyasi (IKA) prezidenti, Osiyo Olimpiya Kengashining Osiyo o'yinlari bosh direktori Haydar Farmonni qabul qildi. SHuningdek, mazkur uchrashuvda Milliy Olimpiya qo'mitasi raisining o'rinbosari SHerzod Tashmatov va boshqa masul xodimlar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda Sportni rivojlantirish vazirligi va Xalqaro Kurash associatsiyasi o'rtasida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, turli mamlakatlarda faoliyat ko'rsatayotgan murabbiylar va hakamlar, qolaversa sportchilar o'rtasida tajriba almashish imkoniyatini yaratish, xalqaro nufuzli musobaqalarni tashkil etishda o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilindi.

Darhaqiqat, kurash asrlar davomida o'zbek xalqining eng ommaviy va sevimli milliy o'yinlari qatorida ezozlab kelingan. Kurash – yakka kurashning qadimiy turi bo'lib, tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, uning yoshi uch yarim ming yilga borib taqaladi.

IKA prezidenti tomonidan kurash sport turining xalqaro maydondagi rivoji, o'tkazilayotgan nufuzli musobaqalar, qitaviy o'yinlarda ishtiroki va joriy yilda bo'lib o'tishi rejalashtirilgan qita va Jahon chempionatlari haqida batafsil malumot berildi.

Takidlash lozim, joriy yilning o'tgan olti oyi mobaynida kurashning xalqaro rivoji borasida bir qator muhim tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, 17-21-mart kunlari Tojikistonning Dushanbe shahrida kurash bo'yicha kattalar o'rtasida Osiyo chempionati va Osiyo-Okeaniya Kurash konfederaciyasining navbatdagi Kongressi bo'lib o'tdi. Mazkur nufuzli chempionatda qitamizning 24 ta davlatidan 200 nafardan ziyod sara polvonlar g'oliblik uchun gilamga tushdi.

24-27-mart kunlari Xalqaro Kurash instituti bilan hamkorlikda Italiyaning Rim shahrida Evropa Kurash konfederaciyasiga azo mamlakatlarning kurash murabbiylari uchun xalqaro seminar tashkil etildi. Seminarda 10 ga yaqin mamlakatdan 90 nafar murabbiylar ishtirok etishdi.

28-30-mart kunlari Hindistonning Mumbay shahrida IKAning navbatdagi ijroiya qo'mitasi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilish davomida kurashning oldida turgan ko'plab masalalar bo'yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

O'zbekiston hukumatining qo'llab-quvvatlashi hamda associaciya rahbariyatining say-harakatlari bilan kurash sporti Osiyo o'yinlarining barcha dasturlaridan rasman o'rin egalladi.

SHu bilan birga Sportni rivojlantirish vaziri ham vatani O'zbekiston bo'lgan kurashning ayni kunlarda dunyo miqyosida obro'si ortib borayotgani quvonarli hol ekanligini takidlab, bugungi kunda Xalqaro Kurash associaciyasi tarkibiga 130 dan ziyod davlatlar milliy federaciyalari azo bo'lib kirganligi va faoliyat yuritayotganligi kurashning nufuzi qay darajada ortib borayotganining yaqqol ifodasi ekanligini malum qildi.

Qayd etish lozim, 2020-yil 4-noyabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori imzolandi.

Mazkur hujjat kurash sportining rivoji yo'lida yangi davrni boshlab berdi. Qaror asosida Associaciya va uning tarkibidagi milliy federaciyalarni qo'llab-quvvatlash, professional kurashchi va mutaxassislarni tayyorlash, kurash sportini yanada ommalashtirish, Respublika va xalqaro media maydonda keng targ'ib qilish, kelajakda kurashni Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritish borasida manzilli chora-tadbirlar belgilab berilgan.

Uchrashuvdan so'ng O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida Sportni rivojlantirish vaziri va Xalqaro Kurash associaciyasi prezidenti ishtirokida matbuot anjumani ham tashkil etildi. 20dan ortiq ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan anjumanda kelgusida Xalqaro Kurash associaciyasi tomonidan tashkil etiladigan nufuzli musobaqalar va bu borada Sportni rivojlantirish vazirligi hamda O'zbekiston kurash federaciyasi tomonidan yo'lga qo'yiladigan hamkorlik aloqalari haqida malumotlar berildi.

SHuningdek, anjumanda o'zaro hamkorlikda kurash sportini dunyoda yanada ommalashtirish, gender tengligi asosida gumanizm g'oyalari singdirilgan milliy sportimizni xotin-qizlar o'rtasida ham rivojlantirish, xalqaro sport tashkilotlari bilan o'zaro do'stona aloqalarni kuchaytirish va eng oliy maqsad, kurashni Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritish ekanligi alohida takidlab o'tildi.

Matbuot anjumanida yana bir muhim voqelik – Xalqaro Kurash associaciyasi tomonidan har oyda ingliz tilida chop etiladigan “Kurash” jurnali hamda kurash sport turining yagona tartib qoidalariga bag'ishlangan kitob taqdimoti ham o'tkazildi.

Qayd etib o'tamiz, Xalqaro Kurash associaciyasi prezidenti Haydar Farmon yana bir necha kun davomida mamlakatimizda bo'ladi va tashrif doirasida bir qator muhim uchrashuvlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Curatlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing