27 iyu 09:37
Yangiliklar
Ikki britaniyalik o'zaro chempionlik jangi oldidan ilk bor yuzma-yuz keldi
Endi ushbu egasiz qolgan chempionlik kamari uchun britaniyalik bokschilar Entoni Joshua (28-3, 25 KO) va Daniel Dyubua (21-2, 20 KO) o'zaro jang o'tkazishadi. Dyubua hozirda vaqtinchalik IBF chempionlik kamari sohibi bo'lib turibdi.
Bokschilar kecha ilk bor bo'lajak jang oldidan face to face marosimida yuzma-yuz kelishdi. Ingliz bokschilarining chempionlik jangi 21 sentyabr kuni London shahrida bo'lib o'tadi.
34 yoshli Entoni Joshua professional ringda 2013 yilda debyut qilgan, 2016 yilning aprel oyida esa ilk bor jahon chempioni bo'lgan. 2018 yilning aprelida Joshua ukrainalik Vladimir Klichkoni muddatidan avval mag'lub etib, ikkinchi chempionlik kamarini ham qo'lga kiritdi. 2018 yilning mart oyida Jozef Parkerni engib, uchta kamarni o'z qo'lida birlashtirdi. 2019 yilning dekabrida u amerikalik Endi Ruisni taslim etgandi.
Uning raqibi 26 yoshli Daniel Dyubua esa professional boksda 2017 yilda debyut qilgan. 2022 yilning iyun oyida WBA Regular kamarini qo'lga kiritgan. O'shanda u amerikalik Trevor Brayanni nokautga uchratgandi. Yaqinda Dyubua xorvatiyalik Filip Xrgovichni mag'lubiyatga uchratib, vaqtinchalik IBF chempionlik kamarini qo'lga kiritgandi. SHu bilan birga u Xrgovichga ilk mag'lubiyatni ham taqdim etgan edi.
Fikrlar