So’nggi yangiliklar

22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0

13 okt 15:53
Yangiliklar

Dzyudo

Ikki dzyudochimiz Abu-Dabi "Katta Dubulg'a" turniri bronza medali uchun tatamiga chiqadi

BAA poytaxti Abu-Dabi shahri mezbonligida o'tayotgan dzyudo bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnirning uchinchi kungi saralash bellashuvlari yakunlandi.

Mukofot jamg'armasi 154 000 evroni tashkil qiluvchi musobaqaning bugungi dasturida 8 nafar dzyudochimiz bahslarga kirishgandi. Ulardan ikki nafari kechki final dasturida bronza medali uchun tatamiga chiqadigan bo'ldi. 

Nurbek Murtozoev (-90 kg) ilk davrada filippinlik Ken Dakasinni, ikkinchi bosqichda franciyalik Loris Tassierni, 1/4 finalda vengriyalik Peter Safranini mag'lubiyatga uchratdi. Yarim finalda IJF bayrog'i ostida kurashayotgan rossiyalik Mansur Lorsanovga yutqazib qo'ydi. Endi u bronza medali uchun braziliyalik Jovani Ferreyraga qarshi bahs olib boradi.    

O'tkirbek To'raboev (+100 kg) esa qozog'istonlik Madi Edilbaevni engdi. CHorak finalda niderlandiyalik tajribali Yelle Snippega yutqazib qo'ydi. Bronza medali yo'lidagi o'tish bellashuvida serbiyalik Igor Vrachardan ustun keldi. O'tkirbek kechki dasturda rossiyalik taniqli dzyudochi Tamerlan Bashaevga qarshi tatamiga chiqadi.   

Qolgan dzyudochilarimiz Jaloliddin Qurbonmurodov (-90 kg), Zufarbek O'rolov va Ernazar Sarsenbaev (ikkalasi ham -100 kg), Muhammadqodir Mansurov (+100 kg) saralash bahslarida, Fotima Quramboeva va Durdona Nizomaddinova (+78 kg) bronza yo'lidagi o'tish bellashuvida raqiblariga imkoniyatni boy berishdi. 

Eslatib o'tamiz, hozircha musobaqaning birinchi kuni Muhriddin Tilovov tomonidan qo'lga kiritilgan bronza medali yagonaligini saqlab turibdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing