05 fev 17:17
Yangiliklar
Boks/MMA
"Ikki mast erkak urishgandek ko'rindi". Nurmagomedov Pimblett va Getji jangi haqida gapirdi
PFL engil vazn chempioni rossiyalik Usman Nurmagomedov UFC engil vaznidagi vaqtinchalik chempionlik jangi - Jastin Getji va Peddi Pimblett to'qnashuvi haqida fikr bildirdi.
Ushbu jangda Jastin Getji g'alabaga erishgandi.
— Pimblett va Getji jangi ko'pchilik tomonidan past saviyali deb baholandi. Agar sen ulardan biriga qarshi oktagonga chiqqaningda, jang qanday yakunlanardi deb o'ylaysan?
— Menimcha, ulardan istalgan biriga qarshi jang 100 foiz muddatidan oldin tugardi. CHunki ularning jang qilish uslubi... Bilmadim, xuddi ikki mast erkak urishgandek ko'rindi. Jastin Getji 37 yoshida juda yaxshi ish qildi, ammo men Pimblettni hech qachon UFC top-10 jangchisi deb hisoblamaganman", — dedi Usman.

Havola :
Manba : Red Corner MMA
Fikrlar