So’nggi yangiliklar

10:47Мессининг голи ва узатмаси "Интер Майами"га ғалаба келтирди + ВИДЕО 0 10:06Эркин курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0 09:35Богдан Гусковнинг навбатдаги рақиби, жанг санаси ва манзили маълум + ПОСТЕР 0 09:04Усик кейинги жанги бўйича қарор қабул қилди ва рақибини айтди 0 08:23"Тоттенхэм" "Реал" ва "Барселона"га Порронинг нархини эълон қилди 0 07:42MMA юлдузларининг Мойкано - Нолан жангига муносабати: "Жангни ҳакам ютиб берди" 0 07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0 22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0

26 iyu 07:39
Yangiliklar

Dzyudo

Ikki nufuzli musobaqa oldidan dzyudochilarimiz bilan uchrashuv o'tkazildi

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi o'rinbosari, mamlakat dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov terma jamoa murabbiylari va dzyudochilari bilan uchrashuv o'tkazdi.

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida o'tgan uchrashuvning asosiy mavzusi avgust oyida dzyudochilarimizni kutib turgan ikki asosiy musobaqaga tayyorgarlik haqida bo'ldi.

 4-7 avgust kunlari Qozog'iston poytaxti Nur-Sultan shahri kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qilsa, 15-17 avgust kunlari Islom Birdamlik o'yinlari dasturidan o'rin olgan dzyudo musobaqasi bo'lib o'tadi. Har ikkala musobaqada O'zbekiston terma jamoasi azolari to'liq tarkibda ishtirok etadi. 

Ilias Iliadis murabbiyligidagi O'zbekiston erkaklar terma jamoasi ushbu nufuzli musobaqalarga Gruziyaning tog'li Bakuriani shahrida tayyorgarlik ko'rdi. Marko SHpitka boshchiligidagi ayollar terma jamoamiz esa ayni paytda Isroilning Tel-Aviv shahrida tashkil etilgan xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inida tayyorgarlikni maromiga etkazyapti. Ular bilan ham MOQdagi uchrashuv chog'ida ZOOM platformasi orqali bog'lanib, musobaqalarning ahamiyati tushuntirildi.

Uchrashuvda Azizjon Kamilov har ikkala musobaqa nafaqat O'zbekiston dzyudo federaciyasi, balki mamlakatimiz sporti uchun ham o'ta muhimligini takidladi. Ayniqsa, dzyudochilarimiz o'z tarixida beshinchi bor tashkil etilayotgan Islom Birdamlik o'yinlaridagi ishtiroki bilan O'zbekiston sport delegaciyasining umumiy muvaffaqiyatiga katta hissa qo'shishlari kerakli aytildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing