So’nggi yangiliklar

19:54Чемпион Сильва Шевченкога навбатга туришни таклиф қилди 0 19:23Арман Царукяннинг рақиби маълум, сана ва манзил ҳам + ПОСТЕР 0 18:52Ғалабалар сари бораётган ёшлар 0 18:21Гвардиола "Манчестер Сити"га қайтмоқда 0 17:50Кроуфордни қийнаган Исроил Мадримов беш йил ўтиб яна Тошкентда жанг қилади. Бу Исроил учун қанчалик аҳамиятли жанг? 0 17:19Сўнгги воқеалар фонида Жермелл Чарло Хайме Мунгияни жангга чорлади 0 16:48Стрикленд UFC’даги адолатсизликка ишора қилиб, боксга ўтиш ҳақида ўйлаётганини айтди 0 16:17"Радник" бош мураббийи: "Шукуровнинг трансфери клубимиз даражаси ўсганини кўрсатади" 0 15:46Хайме Мунгияга Ўзбекистонда жанг ўтказиш таклиф қилинди 0 15:15Пётр Ян қандай ҳолатда ярим енгил вазнда UFC камари учун жанг қилишини айтди 0 14:44Осиё ўйинларида иккинчи бўлган таэквондо терма жамоамиз Париж Гран-присида қатнашади 0 14:13Лионель Месси афсонавий клубнинг фахрий аъзосига айланди 0 13:42"Бу сафар ақл билан ҳаракат қиламан". Двалишвили — Пётр Янга қарши бўлажак жанг ҳақида гапирди 0 13:11"Ислам фаолиятидаги энг осон жанг бўлади". Собиқ чемпион Махачевнинг эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 12:40Хайме Мунгия жамоаси мажбурий даъвогар Бектемир Мелиқўзиевга пул таклиф қиляпти 0

24 iyu 10:19
Yangiliklar

Tennis

Ikki tennis malikamiz Uimbldon 1/2 finalida!

London shahrida tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi, umumiy mukofot jamg'armasi 86 million dollarni tashkil etgan Uimbldon turnirining saralash bahslari bo'lib o'tmoqda.

Musobaqaning asosiy to'r bahslari 29 iyun kuni boshlanib, 12 iyulga qadar davom etadi. Biz uchun ahamiyatlisi, ayollar o'rtasidagi saralash turnirida mamlakatimizning ikki tennis malikasi ham o'z omadini sinab ko'rmoqda. Kecha ular saralashning ilk bosqichida kortga chiqishdi. 

O'zbekistonning ikkinchi raketkasi Mariya Timofeeva saralashning 1/4 finalida amerikalik Uitni Osigve bilan hisob-kitob qildi. Bir soatu 32 daqiqa davom etgan uchrashuvda Mariya ortiqcha qiyinchiliksiz raqibasini taslim etdi - 6/1, 6/4. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Ikkala tennischi ham eys zarbasini amalga oshira bilmadi. Qo'shxatolar Uitnida ko'proq bo'ldi - 4 ga 3. Mariya ayni paytda WTA reytingida 92, Uitni esa 183-o'rinni egallab turibdi.  

Mamlakatimizning uchinchi raketkasi Polina Kudermetovaning 1/4 finaldagi raqibasi franciyalik Jessika Ponshe bo'ldi. Bahs g'olibi uch set natijasiga ko'ra aniqlandi. Birinchi setni deyarli qarshiliksiz boy bergan Kudermetova kambek amalga oshira oldi - 1/6, 6/2, 6/3. Bir soatu 39 daqiqa davom etgan uchrashuvda Polina 4, Jessika 6 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar bo'yicha Kudermetova "ustunlik" qildi - 10 ga 7. Polina Kudermetova ayni paytda dunyoning 116, Ponshe esa 190-raketkasi bo'lib turibdi. Tennischilarning o'zaro ikkinchi uchrashuvida ham vakilamiz zafar quchdi. 

Bugun har ikki tennischimiz saralashning final chiptasi uchun bahs olib boradi. Mariya Timofeeva saralashning 1/2 finalida WTA reytingida 144-o'rinda borayotgan ukrainalik Veronika Podrezga, Polina Kudermetova esa 320-pog'onadan joy olgan amerikalik Klerve Ngunuega qarshi kortga chiqadi. Har ikki tennischimiz ishtirokidagi uchrashuv bizning vaqt bilan soat 19:30da boshlanadi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing