09 avg 16:14
Yangiliklar
Boks/MMA
Ikki vaznda sobiq UFC chempioni promoushendagi hakamlikni tanqid qildi
Erkin kurash bo'yicha Olimpiya o'yinlari g'olibi, ikki vaznda sobiq UFC chempioni Genri Sexudo dunyoning eng kuchli ligasidagi hakamlik haqida gapirdi.
Amerikalik 39 yoshli aralash yakkakurash ustasi noqonuniy zarbalar uchun izchil jarimalarning yo'qligi promoushen jangchilariga jiddiy moliyaviy zarar etkazayotganini malum qildi.
"Hakamlar noqonuniy zarbalar uchun ochko olib tashlashdan bosh tortsa, jangchilar o'z gonorarining 50 foizini yo'qotadilar va oilalarini boqa olmaydilar. Gap faqat g'alaba yoki mag'lubiyat haqida emas, balki jangchilarning tirik qolishi uchun zarur bo'lgan pul haqida ketyapti. Agar siz o'z ishingizni bajara olmasangiz, agar hakamlar o'z ishini bajarmasa, bu odamlarning hayotiga tasir qiladi", — deya Sexudoning so'zlarini keltiradi BLISS ijtimoiy tarmoqdagi X sahifasida.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar