So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

08 jan 12:53
Yangiliklar

Boks/MMA

Ikki yapon yulduzi Inoue va Nakatani jangi sanasi haqida xabar berildi

Birinchi yarim engil vaznda mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue navbatdagi jangini uchta vazn toifasida jahon chempioni Dzyunto Nakataniga qarshi o'tkazadi.

Yaponiyaliklar o'rtasidagi ushbu jang 5 may kuni poytaxt Tokio shahridagi 50 mingga yaqin tomoshabinga mo'ljallangan mashhur "Tokio Doum" stadionida bo'lib o'tadi, deya xabar bermoqda bir-biridan mustaqil ko'plab manbalar.

Dastlab jang sanasi WBC prezidenti Maurisio Sulaymonning so'zlariga asoslanib 5 may kuni Meksikaning eng yirik bayramlaridan biri "Sinko de Mayo" [Beshinchi may] arafasida bo'lib o'tishi nazarda tutilgan edi.

Qizig'i shundaki, to'rt vazn toifasida jahon chempioni va ikki vaznda mutlaq jahon chempioni bo'lgan, bir necha yildan buyon qaysi vazn toifasida bo'lishidan qati nazar dunyoning eng yaxshi bokschilari uchligiga kiritib kelinayotgan 32 yoshli Inoue o'tgan yilning aprel oyida Yaponiya boks federaciyasining yillik mukofotlarini topshirishga kelganida Nakataniga 2026 yilda jang o'tkazishni taklif qilgandi.

O'tgan yili Inoue birinchi yarim engil vazndagi unvonlarini to'rt marta muvaffaqiyatli himoya qildi. 28 yoshli Nakatani esa engil vazn toifasidagi unvonlarni birlashtirdi va dekabr oyida birinchi yarim engil vaznda muvaffaqiyatli debyut qildi.

Uning Sebastyan Ernandesga qarshi jangi juda raqobatbardosh bo'ldi, ammo hakamlar g'alabani yaponiyalik bokschiga berishdi. 27 dekabr kuni Ar-Riyodda bo'lib o'tgan ushbu boks oqshomida ham g'alaba qozongan Inoue hamyurti bilan jang qilish rejasini tasdiqladi.

Eslatib o'tamiz, Inouening Yaponiyadagi 14 ming muxlisga mo'ljallangan arenada bo'lib o'tgan Murodjon Ahmadalievga qarshi kechgan jangiga chiptalar bor-yo'g'i ikki soatda sotilgan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing