22 apr 08:33
Yangiliklar
Boks/MMA
Ikki yillik tanaffusdan so'ng ringga qaytgan Amir Xan raqibini nokautga uchratdi
Birinchi yarim o'rta vazn (68 kg) toifasida sobiq jahon chempioni Amir Xan ikki yillik tanaffusdan so'ng yana professional ringga qaytdi.
Britaniyalik bokschi kanadalik 33 yoshli Fil Lo Grekoga qarshi ringga chiqdi va raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi. Xan yaqinda Eddi Xirn rahbarlik qilayotgan Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi bilan 3ta jang yuzasidan shartnoma imzolagandi.
Kechagi jang shartnomadagi dastlabkisi bo'ldi. Xan so'nggi bor 2016 yilning may oyida o'sha payotdagi WBC chempioni meksikalik Saul Alvaresga nokaut bilan mag'lub bo'lgandi.
Havola :
Fikrlar