19 dek 07:45
Yangiliklar

Ikki yo'nalishda jahon chempioni Golovkin ishtirokidagi jang bo'lib o'tdi
Oqshomning markaziy jangida qozog'istonlik afsonaviy bokschi Gennadiy Golovkin (40-1-1, 35 KO) davogar polshalik Kamil SHeremeta (21-0, 5 KO) bilan ringda to'qnash keldi.
O'rta vazn toifasidagi ushbu jang Golovkinga tegishli IBF va IBO chempionlik kamarlari uchun kechdi. O'n ikki raundga mo'ljallangan jang muddatidan avval yakunlandi. SHeremeta sakkizinchi raundga chiqmadi. U bunga qadar birinchi, ikkinchi, to'rtinchi va ettinchi raundlarda nokdaun holatiga tushib qolgan edi.
SHu tariqa, Gennadiy Golovkin professional boks faoliyatidagi 41-g'alabasini qo'lga kiritish barobarida o'ziga tegishli IBF va IBO chempionlik kamarlarini himoya qildi. Kamil SHeremeta esa prof-ringdagi birinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Fikrlar