06 mar 07:45
Yangiliklar
Ikkinchi raketkamiz Antaliya turniri 1/8 finalida kortga chiqdi
Mukofot jamg'armasi 115 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi Megasaray Hotels Open turnirida vakilamiz Polina Kudermetova ham o'z mahoratini namoyish etdi. Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi ilk davrada reytingda o'zidan 10 pog'ona yuqorida borayotgan rossiyalik Alina CHaraevani 7/5, 6/4 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi.
Afsuski, 1/8 finalda u vengriyalik raqibasiga tay-brekda imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtirokini erta yakunladi. Roppa-rosa 90 daqiqa davom etgan uchrashuvda Polina dunyoning 95-raketkasi Panna Udvardiga 4/6, 6/7(4) hisobida mag'lub bo'ldi. Tennischimiz ikkinchi setda 1/4 hisobida yutqaza turib, kambek qila olgandi, ammo tay-brekda Panna g'alabani ilib ketdi.
Uchrashuv davomida Udvardi 3, Kudermetova 1 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar vengriyalikda ko'proq bo'ldi - 5 ga 3. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi edi - 0:2. Ikki yil avval Portugaliya turnirida ham Pannaning qo'li baland kelgandi.
Taqqoslash uchun, Polina Kudermetova WTA reytingida 147-o'rinni egallab turibdi.

Fikrlar