11 mar 07:48
Yangiliklar
Ikkinchi raketkamiz Antaliya turniri 1/8 finaliga chiqdi
Mukofot jamg'armasi 115 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi Megasaray Hotels Open turnirida vakilamiz Polina Kudermetova muvaffaqiyatli start oldi. U 1/16 finalda ispaniyalik Zuleta Maristaniga qarshi kortga chiqdi. Etmish to'rt daqiqa davom etgan bahsda vakilamiz 6/4, 6/1 hisobida zafar quchdi. Polina 4, Zuleta 3 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Tennischilar to'pni o'yinga kiritishda qo'shxatoga yo'l qo'yishmadi.
Taqqoslash uchun, mamlakatimizning ikkinchi raketkasi ayni paytda WTA reytingida 147, Maristani esa 171-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi bo'ldi - 2:0. SHu yil yanvar oyida Melburnda o'tgan Avstraliya Ochiq chempionatining saralash bahsida ham Kudermetova Maristanini mag'lubiyatga uchratgan edi.
Endi Polina Kudermetova 1/8 finalda turnirning ikkinchi raketkasi Moyuka Uchijimaga qarshi kortga chiqadi. Yaponiyalik tennischi hozirda dunyoning 77-raketkasi bo'lib turibdi.

Fikrlar