20 may 08:47
Yangiliklar
Ikkinchi raketkamiz Mariya Timofeeva "Rolan Garros"dagi yurishini boshladi
Quvonarlisi, O'zbekistonning ikkinchi raketkasi Mariya Timofeeva nufuzli musobaqadagi ishtirokini nisbatan engil g'alaba bilan boshlab oldi. Saralash bahslarida 24-raqam ostida tasniflangan Mariya ilk bosqichda Kanada vakilasi Kadeno Breysni 6/1, 6/3 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Taqqoslash uchun, Timofeeva ayni paytda WTA reytingida 119, Breys esa 202-o'rinni egallab turibdi. Etmish bir daqiqa davom etgan bahsda ikkala tennischi ham 4 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Mariya 2 ta eys zarbasini amalga oshirdi, raqibasida esa bu ko'rsatkichni nolni tashkil qildi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.
Bugun Timofeeva saralashning 1/2 finalida Mariya Lurdes Karlega qarshi kortga chiqadi. Argentinalik bu tennischi dunyoning 209-raketkasi bo'lib turibdi. Timofeeva - Karle uchrashuvi bizning vaqt bilan soat 19:00da boshlanadi.

Fikrlar