12 mar 18:26
Yangiliklar
Tennis
Ikkinchi raketkamiz reytingda o'zidan 70 pog'ona yuqoridagi raqibasini engdi
Turkiyaning Antaliya shahrida tennis bo'yicha WTA Challenger 125 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Mukofot jamg'armasi 115 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi Megasaray Hotels Open turnirida vakilamiz Polina Kudermetova ham muvaffaqiyatli odimlamoqda. U 1/8 finalda turnirning ikkinchi raketkasi Moyuka Uchijimaga qarshi kortga chiqdi. To'qson ikki daqiqa davom etgan bahsda Polina raqibasini 7/6(4), 6/3 hisobida dog'da qoldirdi.
Yaponiyalik tennischi hozirda dunyoning 77-raketkasi bo'lib turibdi. Kudermetova esa WTA reytingida 147-pog'onadan joy olgan. Polina uchrashuv davomida 3, Moyuka 4 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Tennischimiz 3, kunchiqar yurt vakilasi 2 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi bo'ldi - 1:1.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar