21 jan 16:55
Yangiliklar
Ikram Aliskerov UFC 298 kardidan echildi, uning o'rniga bosh bir rus jangchisi oktagonga chiqadi
Ikram 18 fevral kuni AQSHning Anaxaym shahrida o'tkaziladigan UFC 298 turnirida amerikalik Entoni Ernandesga qarshi oktagonga chiqishi kerak edi.
"To'rt hafta davomida tirsagimdan olgan jarohatimdan forig' bo'lishga astoydil harakat qildim. Lekin buning imkoni bo'lmadi. Jamoam bilan maslahatlashgan holda jangdan voz kechishga qaror qildik. In sha Alloh tezroq qaytishga harakat qilaman", — dedi Aliskerov o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Endilikda Aliskerovning o'rniga yana bir rus jangchisi Roman Kopilov zaxira varianti sifatida Entoni Ernandes bilan jang qiladigan bo'ldi.
Malumot uchun, 31 yoshli Ikram Aliskerov 2012 yilda professional faoliyatini boshlagan. UFC oktagonidagi ilk jangida amerikalik Fil Xousni birinchi raundda nokautga uchratgan edi. O'tgan yilning oktyabr oyida o'tkazilgan UFC 294 turnirida braziliyalik Vorli Alvesni ham birinchi raundda nokaut evaziga mag'lub etgandi. U yagona mag'lubiyatini Xamzat CHimaevdan qabul qilib olgan.
Fikrlar