08 iyu 12:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Ikram Aliskerov UFC 318 turnirida jang qila olmaydi
Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi Ikram Aliskerov 20 iyul kuni Nyu-Orleanda o'tkaziladigan UFC 318 turnirida oktagonga chiqmaydi.
«Vestnik MMA» Telegram kanalining xabar berishicha, sportchi oyoq barmog'idan jarohat olgan. U turnir doirasida braziliyalik Bruno Ferreyra bilan bahs olib borishi kerak edi.
Aliskerov hamyurti Rinat Faxretdinov bilan sparringa jarayonida jarohat orttirib olgan. 32 yoshli Ikram Aliskerov UFC'da hozirga qadar 4 ta jang o'tkazib, 3 g'alaba va 1 mag'lubiyat qayd etgan.
Havola :
Manba : VestnikMMA
Fikrlar