20 jan 12:26
Yangiliklar
Boks/MMA
Ilhom Nazimov Petr Yanning sparring sherigi bo'lgan paytlarni esladi
Engil vazn toifasida Yaponiyaning RIZIN MMA Ligasi chempioni bo'lib turgan Ilhom Nazimov eng engil vazn toifasida rossiyalik UFC chempioni Petr Yan bilan hamkorligi haqida gapirdi.
"Men Tailandda edim. O'sha paytda Petrning do'sti Artyom qo'ng'iroq qildi. Ular Yanning SHon O'Melli bilan jangi aniq bo'lganini, Petrga sparring sherik qidirishayotganini aytishdi. Jang qilish uslubim, ayniqsa, oyoq bilan beradigan zarbalarim O'Mellinikiga o'xshash bo'lgani uchun birgalikda yig'in o'tkazishni taklif qilishgandi. Tabiiyki, men bunga rozi bo'lgandim", dedi Nazimov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar