18 mar 07:21
Yangiliklar
Ilias Iliadis: “Bu jamoaga murabbiy bo'lib kelish men uchun katta sharaf”
Balki bu hol siz-u bizga ushbu davrda yashayotganimiz uchun bilinmas, ammo vaqt o'tib barchasi aks etadi. Hozir O'zbekiston terma jamoasida murabbiylik qilayotgan greciyalik Ilias Iliadis terma jamoaga “yangi qon” olib kirmoqda. Boshqa mahalliy murabbiylarga hurmat saqlagan holda aytish mumkinki, Iliadis o'z mashg'ulotlari bilan dzyudochilarimizni qaytadan kashf qilmoqda. Mashg'ulotlarni kuzatar ekanmiz, yangicha yondashuv, uning o'zbek tilida ham so'zlayotganiga guvoh bo'ldik. O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi matbuot xizmati terma jamoamiz bosh murabbiyidan intervyu oldi.
– Kelishingizdan avval o'zbek dzyudosini qanday tasavvur qilgan edingiz-u, hozir qanday?
– O'zbek dzyudosi haqida butun dunyo biladi. Bu erdan ko'p karra Olimpiada sovrindorlari, jahon chempioni bo'lgan Abdullo Tangriev, Rishod Sobirov kabi afsonaviy dzyudochilar chiqqan. O'zbekistonda o'ziga xos dzyudo ananasi bor. Bu jamoaga murabbiy bo'lib kelish men uchun katta sharaf. Endi men bu ananani davom ettirishim kerak.
– O'zbek dzyudochilari qaysi tomoni bilan kuchli edi va qaysi jihatlarni rivojlantirish kerak?
– Men bir gapni ko'p takrorlaganman. Har bir Olimpiadada dzyudo o'zgaradi. Biroq bunga qaramasdan o'zbek dzyudosi o'zining texnikasi va jismoniy tayyorgarligi bilan chiroyli bo'lib kelgan. Hozir umuman boshqacha dzyudo ketyapti. Ayni paytda texnikaning o'zi etarli bo'lmay, jismoniy kuch va tayyorgarlik ko'p narsani hal qilib yuboryapti. Hozir jamoa bilan shu tomonlar ustida ishlamoqdamiz.
– Hozir butun dunyoda tarqalib borayotgan koronavirusning IJF (Xalqaro dzyudo federaciyasi) va bizning jamoaga tasiri qanday?
– Jahondagi etakchi dzyudochilar ham, bizning polvonlar ham oddiy odam. Butun dunyo bo'ylab amal qilinayotgan qarorga biz ham bo'ysunamiz. Ammo bu bilan bo'shashib qolmaymiz. O'zimizning ichki mashg'ulotlar davom etadi. Oradagi vaqtda ancha motivaciya va kuch yig'ib olamiz.
– Maygacha bo'lgan musobaqalarning bekor qilinishi rejalaringizga halaqit bermaydimi?
– Ha, ko'p rejalar o'zgarib ketdi. Lekin nima ham qilar edik, bu hayot. Bugunni o'ylab yashash kerak. CHunki ertaga nima bo'lishini bilmaymiz. Bugun o'z ishimizni qilaylik, ertaga nima bo'lishini ko'ramiz.
– Jamoada kim sizning sevimli shogirdingizga aylandi?
– Hammasi. Mana, qo'limizdagi 5 ta barmoq. Men qanday qilib birini ikkinchisidan ko'proq yoqtiraman deya olaman? Men uchun hammasi bir xil. SHunchaki, ularning xarakteri turlicha. Xuddi oilada ham turli xarakterga ega aka-ukalar bo'lganidek. Murabbiy bo'lar ekansan, ularning tabiatini o'zgartirishing ham talab etiladi.
– Federaciya tomonidan siz istaganchalik sharoitlar yaratib berilyaptimi?
– Albatta. Bu borada hech qanday muammo bo'lgani yo'q. Barcha o'z ishiga professionallarcha yondashgan holda ishlayapti. Hatto davlat rahbarining etiborini alohida aytib o'tmoqchiman. Olimpiada ciklida mamlakat Prezidentining qo'llab-quvvatlashi sportchiga juda katta kuch beradi. Faoliyatim davomida ko'p davlatlarda bo'ldim. Lekin O'zbekistondagidek sharoitni hech qaerda uchratganim yo'q. SHu jihat meni bu mamlakatda ishlashimga undadi va ko'plab davlatlar orasida O'zbekistonni tanladim.
– Keling, endi jahon dzyudosiga ham o'tib ko'ramiz. Yaponiya terma jamoasi -66 kilogramm vazn toifasidagi ishtirokchisidan tashqari barcha vaznlardagi vakillarini elon qildi. Sizningcha, ular bu vaznga kimni qo'yishadi?
– Bu men uchun qiziq emas. Raqiblarga hurmat saqlagan holda shuni aytamanki, qolgan jamoalarning tarkibi meni qiziqtirmaydi. Meni o'zimning jamoamdan boshqasi bilan ishim yo'q. Qaysi vaznga kimni qo'yishlari ham mening ishim emas. Men uchun hammalari birdek raqib.
– Teddi Rinerning Parijdagi mag'lubiyatiga qanday qaraysiz? Bu kutilgan voqelikmidi yoki tasodif?
– Bu meni ajablantirgani yo'q. Teddi ham inson. Bir narsani tushunmayman, odamlar bundan juda vahima yasab yuborishdi. O'sha kun uning uchun emas ekan. Dzyudochi bo'lganim uchun uni ham tushunaman. Hech kim g'alaba bilan abadiy qololmaydi. Teddi men uchun afsonaviy dzyudochi va shunday bo'lib qoladi ham. Bitta mag'lubiyat uning shuhratini to'ka olmaydi. Masalan, futbolda Braziliya o'z uyidagi jahon chempionatida 1:7 hisobida engilgan. Nima, braziliyaliklar kuchsiz bo'lib qoldimi bu bilan?! Bu ham shunga o'xshash vaziyat.
– Ayni holatda qizlarimizdan ikki nafari yo'llanma zonasida turibdi. Licenzion davr yakunlanguncha uchinchisini ham qo'lga kiritishimiz mumkinmi?
– Hamma narsa bo'lishi mumkin. Agar o'zimga ishonchim bo'lmasa, bu gaplarni aytmagan bo'lar edim. Biz olib borayotgan mashg'ulotlar bilan ko'p narsaga erishsa bo'ladi. Har kuni shunday tempda ketmoqdamiz. Nasib qilsa, mavsum oxirida qizlarda ham uchinchi yo'llanmani olishimiz mumkin.
– Mashg'ulotlarda ko'rdikki, o'zbek tilini ham ancha-muncha o'rganib olibsizmi?
– Juda unchalik emas (kuladi). SHogirdlarimga kurash payti zarur bo'ladigan kerakli so'zlarni o'rganib olganman. Lekin bu bilan o'zbekchani bilib oldim deya olmayman.
– Sizningcha, jahonda avval va hozirgi davrda eng kuchli dzyudochi kim?
– Bu men uchun ham juda qiziq savol. Bilasizmi, men uchun ajralib turadigan odam yo'q. Dzyudo tarixida ham, hozir ham har bir vazn toifasida o'ziga yarasha kuchlilar bor. Ularning barchasini hurmat qilaman. Birini ikkinchisidan ajrata olmayman.
Malumot uchun, Ilias Iliadis 1986 yil 10 noyabr kuni Gruziyaning Axmeta shahrida grek oilasida tavallud topgan. Greciya terma jamoasi azosi. 2004 yil Afinada o'tkazilgan yozgi Olimpiya o'yinlarida -81 kilogramm vazn toifasida oltin medalni qo'lga kiritib, dzyudo tarixida eng yosh (17 yosh) Olimpiada chempioniga aylangan. London-2012 Olimpiadasi bronza medali sohibi. Tokio (2010), Parij (2011) va CHelyabinsk (2014)da o'tgan jahon chempionatlari g'olibi. SHuningdek, JCHlarning 2 karra kumush va 1 bor bronza medali sovrindori. Pekin-2008 yozgi Olimpiya o'yinlarining ochilish marosimida Greciya terma jamoasining bayroqdori bo'lgan.
Fikrlar