So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

11 apr 08:35
Yangiliklar

Boks/MMA

Iliya Topuriya: "Maxachev birovning pulini sanamasligi kerak"

Islam Maxachevning so'zlariga ko'ra, uning Iliya Topuriya bilan jangi "El Matador" uning uchun mos bo'lmagan gonorar so'ragani sababli amalga oshmagan.

Asli gruziyalik aralash yakkakurash ustasi bu vaziyatda rossiyalik boshqalarning pulini sanash bilan shug'ullanayotganini aytmoqda.

"Bu men uchun yolg'onga o'xshaydi, chunki haqiqatni bilaman. Birinchidan, sportchining boshqa sportchi talab qilayotgan narsa bilan ishi bo'lmasligi kerak. Men birovning pulini sanamayman, u ham sanamasligi kerak. Uning bir marta bahonasi bo'lgandi, endi esa ikkinchisi ham paydo bo'ldi. Bu aniq u jangdan qochayotgandek ko'rinadi", - dedi Topuriya El Hormiguero nashriga bergan intervyusida.

SHunga qaramay, Topuriya Maxachevning xizmatlarini va uning yuqori darajasini tan oladi va bir kun kelib ular oktagonni bo'lisha olishlariga ishonadi.

"Hatto men uchun ham o'z divizionida uzoq vaqt hukmronlik qilgan jangchiga qarshi o'zimni sinab ko'rish qiziqarli, chunki u hozir men ishtirok etayotgan vazn toifasida chempion bo'lgan. O'zingizni shunday rezyumega ega odam bilan taqqoslashdan yaxshiroq narsa bormi?

Men bunga faqat sport nuqtai nazaridan qarayman. Men Islamni iqtidorli, oktagonda haqiqatan ham yuqori mahoratga ega jangchi deb hisoblayman. Agar ularni meniki bilan birlashtirsak, hamma uchun juda qiziqarli jangga ega bo'lishimiz mumkin", - deya qo'shimcha qildi Topuriya.

Iliya Topuriya oktagonga 14 iyun kuni Oq uyda bo'lib o'tadigan UFC bayram turnirida qaytadi. U oqshomning asosiy jangida amerikalik Jastin Getjiga qarshi birlashtiruvchi chempionlik jangi o'tkazadi. Islam Maxachev esa avgust oyida yarim o'rta vazn toifasida o'ziga tegishli chempionlik kamarini himoya qiladi. Hozircha uning raqibi nomalum bo'lib qolmoqda.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing