17 apr 09:28
Yangiliklar
Boks/MMA
Iliya Topuriya o'zini ilhomlantirgan ikki bokschini aytdi
Engil vazn toifasida UFC chempioni Iliya Topuriya o'zining boks mahoratini rivojlantirish g'oyasiga qanday qiziqib qolganini so'zlab berdi.
"UFC’dan oldin boks bilan shug'ullanganman. Boks bilan shug'ullanish ilhomi Saul Alvares va Vasiliy Lomachenko tufayli paydo bo'ldi... o'yladim: "Men buni janglarimda, sparringlarda qila olishni xohlayman. SHuning uchun bu ish bilan shug'ullanishni, o'rganishni xohladim. Ha, hammasi o'shanda boshlangan", - dedi Topuriya.
Malumot uchun, 29 yoshli Iliya Topuriya 2020 yildan beri UFC promoushenida o'z janglarini o'tkazib kelyapti. 2024 yilda u yarim engil vazn toifasida (65 kg gacha) chempion bo'ldi. SHundan so'ng u bitta chempionlik himoya jangini o'tkazdi. 2025 yilda esa engil vazn toifasida (70 kg gacha) chempionlikni qo'lga kiritdi.

Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar