10 mar 17:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Iliya Topuriya Volkanovski – Lopes jangi haqida: "Kamarni berdim - xursand bo'lishsin"
UFC sobiq chempioni Iliya Topuriya avstraliyalik Aleksandr Volkanovski va braziliyalik Diego Lopes o'rtasidagi bo'lajak jang haqida fikr bildirdi.
Bu jang 13 aprel kuni UFC 314 turnirida kamar uchun bo'ladi.
"Men kelajakni bashorat qilishni bilmayman, ayniqsa, bu bolakaylarniki juda mavhum. SHuning uchun bu jang qanday yakun topishini bilmayman, lekin ikkovlariga ham omad tilayman. Biroq, bu diviziondagi asosiy jangchi kimligini hamma biladi. Men shunchaki kamari berdim – xursand bo'lishsin, chunki bu ular uchun katta ahamiyatga ega, men uchun esa unchalik emas", — dedi Topuriya.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar