14 fev 11:29
Yangiliklar
Boks/MMA
Iliya Topuriyaning murabbiyi: "Maxachev bilan jang amalga oshadi"
Engil vaznda UFC chempioni Iliya Topuriyaning ustozi Xaver Kliment o'z shogirdini yarim o'rta vazn toifasida Islam Maxachev bilan kamar uchun jang qilishini istamoqda.
"Biz Maxachevga qarshi jang qilishni istaymiz. Bu ikki afsona o'rtasidagi jang, biz aynan shunga intilamiz - afsonalarni mag'lub etishda davom etish. Iliya tarixdagi eng buyuk jangchi bo'lishni rejalashtirmoqda. Umid qilamanki, bu jang baribir bo'lib o'tadi", - dedi Kliment.
Bir kun avval Iliya Topuriya va Islam Maxachev bir-birini oktagonga chaqirgan edi. Ispan-gruziyalik jangchi oilaviy sabablarga ko'ra faoliyatida tanaffusga chiqqan, biroq yaqinda mashg'ulotlarni davom ettirgan.
Topuriya yozda UFC’ning engil vazndagi vaqtinchalik chempioni - amerikalik tajribali Jastin Getji bilan jang qilishi kutilmoqda. Ilgari Iliya yarim engil vazn toifasida chempion bo'lgan.

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar