So’nggi yangiliklar

01:04Mangu 5: Фурқатбек Ёқубов иштирокидаги чемпионлик жанги муддатидан аввал ниҳоясига етди 0 00:40Муҳиддин Мамажонов Тошкентда Магомед Салиевга қарши жанг қилди 0 22:28Бобур Тагиев "Mangu 5" турнирида ғалаба қозонди 0 22:02Амирхон Алихўжаев "Mangu 5" турнирида ғалабага эришди 0 21:11Кураш, бокс ва бошқа спортлар. Осиё ўйинларининг саккизинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати билан танишинг 0 20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Эркаклар терма жамоамиз Арманистонни, аёллар Перуни мағлуб этди 0 19:52Осиё ўйинларининг еттинчи кундан кейин медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 19:30"Манчестер Сити"нинг Премьер-лига қоидаларини бузгани ҳақидаги айбловлар: Улар нимадан иборат? Қандай жазо қўлланиши мумкин? Кейин нима бўлади? 0 18:51Эртага 5 нафар боксчимиз Осиё ўйинлари чорак финалида жанг қилади 0 18:30Осиё ўйинларининг еттинчи кунини 3 та медаль билан якунладик 0 17:15Ўзбекистон делегацияси расмийлари ХОҚ Президенти билан учрашишди 0 16:16Мбаппе Платинининг рекордини такрорлади 0 15:25Тимур Турлов - FIDE президенти этиб сайланди! 0 13:11"Mangu 5" турнири олдидан ўтказилган face-to-face маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:20Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси тугашига иккита тур қолди. Бугун кимлар рақиб бўлади? 0

17 may 10:52
Yangiliklar

Taekvondo

Ilk bor 8 taekvondochi bilan Gran-prida ishtirok etish imkoniyatiga egamiz

Tez orada taekvondo olamida Gran-pri seriyasiga kiruvchi nufuzli musobaqalar start oladi.

Ushbu turnirlarda Olimpiada reytingida yuqori o'rinda joylashgan sportchilargina ishtirok etishlari mumkin. Boisi, mazkur tasnifdagi vazn toifalari Olimpiya o'yinlaridagi kabi shakllantirilgan va 4 yillikning eng nufuzli musobaqasiga qimmatli reyting ochkolarini taqdim qiladi.

O'zbekiston taekvondo associaciyasi mutasaddilari, murabbiylar shtabi puxta tuzilgan reja asosida yil avvalida xalqaro musobaqalar orqali taekvondochilarimizga maksimal darajada reyting ochko ishlab olish imkoniyatini taqdim qilishdi. Bundan unumli foydalanib, shohsupaga ko'tarilgan hamyurtlarimiz Gran-prida qatnashish mumkin bo'lgan hududga kira oldilar. 

Keling, shu o'rinda taekvondochilarimizning Olimpiada reytingdagi o'rniga bir nazar tashlaymiz. Bunda Gran-pri musobaqalarida qatnashishi mumkin bo'lgan sportchilarimizning o'rnini ko'rsatib o'tamiz.

-68 kg:
1. Bredli Sinden (Buyuk Britaniya) – 274.14
2. Ulug'bek Rashitov (O'zbekiston) – 220.04 …
35. Niyaz Pulatov (O'zbekiston) – 68.53

-80 kg:
1. Maksim Xramcov (Rossiya) – 337.51 ...
6. Nikita Rafalovich (O'zbekiston) – 166.99 ...
18. SHuhrat Salaev (O'zbekiston) – 85.31

+80 kg:
1. Vladislav Larin (Rossiya) – 352.96 ...
44. SHohruh Rajabov (O'zbekiston) – 46.56

-57 kg:
1. Anastasiya Zolotich (AQSH) – 316.70 ...
13. CHaros Qayumova (O'zbekiston) – 125.53

-67 kg:
1. Mateya Elichich (Xorvatiya) – 335.26 ...
14. Feruza Sodiqova (O'zbekiston) – 127.71

+67 kg:
1. Byanka Uolkden (Buyuk Britaniya) – 344.76 ...
10. Svetlana Osipova (O'zbekiston) – 130.10

Ko'rib turganingizdek, Gran-pri turnirlarida sakkiz nafar vakilimiz ishtirok etishi mumkin. O'zbekiston taekvondo associaciyasining malum qilishicha, terma jamoamiz ilk bor bunday katta tarkibda dunyoning eng sara taekvondochilari bilan raqobat qilishga tayyorlanmoqda. Bu mavsumdagi musobaqalar 3-5 iyun kunlari Rim, 2-4 sentyabr sanasida Parij va 21-23 oktyabrda Manchester shaharlarida o'tkaziladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing