13 iyu 12:59
Yangiliklar
Boks/MMA
Ilk marta uyg'ur sportchisi UFC bilan shartnoma imzoladi + FOTO
Osiyoning istiqbolli aralash yakkakurash ustalaridan biri Elzat Mamat rasman UFC bilan shartnoma imzoladi.
Bu haqda u o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali malum qildi. Elzat "New journey" ("Yangi safar") degan qisqa izoh bilan UFC xeshtegini qo'llab, tashkilot bilan hamkorlikni boshlaganini elon qildi.
Hozircha sportchining UFCdagi debyut jangi, raqibi va sanasi rasman elon qilinmagan. Bu haqdagi malumotlar yaqin kunlarda malum qilinishi kutilmoqda.
Uyg'ur sportchi prof faoliyati davomida hozirga qadar 10 ta jang o'tkazib, ularning barchasida zafar quchgan. Elzat Instagram tarmog'ida mashhur bloger ham hisoblanadi.



Havola :
Manba : instagram.com/elzat_mamat
Fikrlar