09 may 11:11
Yangiliklar
Boks/MMA
"Ilk soniyadanoq uning jag'ini poylayman". Topuriya - Getji bilan jang haqida gapirdi
UFC chempioni Iliya Topuriya Jastin Getjiga qarshi bo'lajak jang haqida fikr bildirdi.
Ular 14 iyun kuni Oq uyda o'tadigan turnirda oktagonga ko'tarilishadi.
"Gap kim g'alaba qozonishida emas, chunki hamma meni g'olib deb hisoblayapti. Savol — men uni qanday nokaut qilaman? Jastin birinchi raundni oyoqda tugatadimi? Ijtimoiy tarmoqlarda shu haqda gap ketyapti.
Men chiqaman va ishimni qilaman. Odamlar nima deb o'ylashi menga qiziq emas. Ilgari anderdog edim, hozir favoritman, lekin doim o'z ishimni bajaraman. Men birinchi soniyadanoq uning jag'ini izlayman va ehtimol, uni topaman", — dedi Topuriya ESPN’ga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar