15 fev 10:00
Yangiliklar
Boks/MMA

"India Open"da g'alaba qozongan bokschilarimiz 25 milliondan pul mukofoti bilan taqdirlandilar
Boks bo'yicha Hindistonda "India Open" turniri o'tkazilgani haqida xabar qilgandik.
Kecha, 14 fevral kuni O'zbekiston boks federaciyasi binosida ushbu turnirda sovrindor bo'lgan bokschilarimiz taqdirlandi. Hukumat farmoyishiga ko'ra, musobaqa g'oliblari 25 million so'm, kumush medal sohiblari 15 million so'm, terma jamoa murabbiylari esa 12 million so'mdan pul mukofoti bilan taqdirlandilar.
Eslatib o'tamiz, Hindistondagi musobaqada besh nafar bokschimiz oltin (Xudoynazar Fayzov, Abdulhay SHorahmatov, Bobousmon Boturov, Isroil Madrimov va Bahodir Jalolov), ikki bokschimiz kumush (Iqboljon Xoldorov, Sanjar Tursunov) medalni qo'lga kiritgandi.
Bokschilarimiz musobaqada Marat Qurbonov va To'lqin Qilichevlar qo'l ostida ishtirok etishgan.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar