09 fev 16:30
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/28318_220.jpg)
"India Open"da sovrindor bo'lgan bokschilarimiz O'zbekiston hukumati tomonidan taqdirlandi
Xabaringiz bor, 28 yanvar - 1 fevral kunlari Hindistonning Nyu-Deli shahrida boks bo'yicha xalqaro turnir o'tkazildi.
Ushbu musobaqada O'zbekiston terma jamoasi bokschilari 5ta oltin, 2ta kumush medalini qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallagandilar.
O'zbekiston adliya vazirligining Telegramdagi kanalida malum qilinishicha, musobaqada ishtirok etgan bokschi va murabbiylar 25 milliondan 12 million so'mgacha pul mablag'lari bilan mukofotlangan.
Xabarda, qaysi sportchi qancha pul mukofoti olgani aniq elon qilinmagan.
Eslatib o'tamiz, mazkur turnirda Bobousmon Boturov, Isroil Madrimov, Xudoynazar Fayzov, Abdulhay SHorahmatov va Bahodir Jalolovlar oltin medal sohibiga aylangandilar. Sanjar Tursunov va Iqboljon Xoldorovlar finalgacha etib borib, kumush medal bilan kifoyalangandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar