28 apr 10:10
Yangiliklar
Futbol

"Inter"ni mag'lub etgan Klaudio Raneri o'yindan so'ng nimalar dedi?
"Roma" bosh murabbiyi Klaudio Raneri kechagi g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugungi g'alabani stadionga kela olmagan muxlislarga bag'ishlaymiz. Dastlabki yarim soatda biz juda ajoyib o'yin ko'rsatdik. "Inter" — kuchli jamoa. Bugungi g'alaba oson bo'lmadi.
Biz joriy mavsum hali katta jamoalarning hech birini mag'lub etmagandik. SHu sababli biz juda baxtlimiz. Endi oldinga intilishda davom etishimiz kerak. "Fiorentina" ham buyuk klublardan biri", — deya fikr bildirdi Klaudio Raneri.
Kechagi o'yinda rimliklar tomonidan kiritilgan yagona golga terma jamoamiz sardori Eldor SHomurodov hammualliflik qilgandi.
Havola :
Fikrlar