So’nggi yangiliklar

19:23Белбоғли курашни янада ривожлантириш йўлида меморандум имзоланди 0 19:02"Барселона" ва "Ливерпуль" бир ўйинчи учун курашади 0 18:41UFC 310 турнирининг тўлиқ карди маълум қилинди 0 18:20Макс Ферстаппен — Формула-1 2024 йилги мавсум чемпиони! 0 17:59Аёллар курашида барча вазнларда ғолиблар маълум бўлди + ФОТО 0 17:38Холанд 850 минг сўм сабаб қамоққа тушиши мумкин 0 17:17Ўзбекистон чемпионатида медаллар жамғариш бўйича қайси вилоят биринчи бўлди? 0 16:56Расман! UFC 311 турнири учун қизиқарли жанг эълон қилинди 0 16:35Мераб Двалишвили Петр Ян билан қачон жанг қилмоқчи эканини айтди 0 16:14Аморим: "Мен ўзини босслардек кўрсатишни хоҳлайдиганлардан эмасман" 0 15:53Чавандозларимизнинг навбатдаги ғалабаси 0 15:32Дзюдо бўйича Ўзбекистон чемпионатининг барча ғолиб ва совриндорлари маълум + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:11"Ундан қўрқдим!". Тайсон Фьюри нима учун стердаун вақтида Усикка қарамагани ҳақида гапирди 0 14:50"Арсенал" "Милан" етакчиларидан бирини нишонга олди 0 14:29Prezident Kubogi. Нодирбек ҳиндистонлик рақибга қарши, Синдаров эса дербидаги ўйинини бошлади 0

03 apr 15:41
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Intervyu. Isroil Madrimov Tokio Olimpiadasi, Rioga nima uchun bormagani va prof boksdagi rejalari haqida

Bundan bir necha kun oldin Isroil Madrimov www.olamsport.com sayti ofisiga tashrif buyurgani va intervyu tashkil etilgani haqida xabar qilgandik.

Ushbu intervyuning videosi etiboringizga havola qilingandi. 

Endilikda ushbu intervyuni matnli variantda ham o'qishingiz mumkin. 

-Havaskor boksda anchagina tajribangiz bor va bu albatta professional boksda ham qo'l kelmoqda. 5 ta jang bilan majburiy davogarga aylanish kamdan-kam holatda bo'ladi. Balki chempionlik jangi uchun hali shoshmasdan, biror-bir kuchli bokschi bilan jang o'tkazib, imkoniyatingizni chamalab olganingiz maquldir? Bu boradagi rejalar qanday? (Jalol Ahmedov savoli)

-Havskor boksdagi tajriba prof boksda juda asqotadi. Bunga misol, Olimpiada chempionlari, jahon chempionati sovrindorlari prof boksda katta natijaga erishishmoqda. Men ham 5 ta jang bilan chempionlik kamari uchun davogarlik qilyapman. Har bitta jang katta tajriba. Jangdan-jangga katta tajriba to'playapman. CHempionlarga ham jang bo'yicha "vyzov" tashlaganmiz. Ularning ham tavakkal qilgisi yo'q. Lekin, sekin-asta chempionlik sari yaqinlashyapmiz. 


-Kelasi jang qaysi raqibga qarshi o'tkazilishi ehtimoli bor?

-AQSHda ham OAV bilan gaplashganimda ko'pincha shu savolni berishmoqda. Kubalik Erislandi Lara ismli raqibim bor. SHuningdek, Maykl Sorro ham bor. Navbatdagi jangim Xudo xohlasa shu ikki raqibdan biriga qarshi o'tkaziladi. 


-Kunlik rejimingiz va ovqatlanish tartibi haqida gapirib bersangiz. (Reggaeton)

-AQSH va O'zbekiston haqida gapirsam. Amerikada asosan parhez ovqatlar bo'ladi. Kuniga 4 litr suv ichamiz. Qovurilgan ovqatlar, shirinliklar mumkin emas. O'zbekistonda esa o'zimizning shirin ovqatlarimizdan tiyilish qiyin. Hozircha qo'shimcha 10 kg vazn to'pladim. AQSHda dieta ovqatlar istemol qilish vaznni qiynalmay tushirishga yordam beradi. Masalan, ichayotgan suvimiz va eyayotgan ovqatimizning kaloriyasi kamroq bo'ladi va mashg'ulot jarayonida organizmga kirayotgan kaloriyadan ko'proq kaloriya yo'qotamiz. Ushbu jarayon vazn tashlashga sabab bo'ladi. 


-Floyd Meyvezer yoki Menni Pakyaoga qarshi jangingizni tashkil etish taklifi bo'lsa, bunga munosabatingiz qanday bo'lardi? (Aziz Qodirov)

-Ushbu bokschilarga qarshi jang qilishni taklif qilishsami? Menimcha bunday taklifga xech qaysi bokschi rad javobini bermaydi. Ushbu bokschilarga qarshi bitta ringda to'qnash kelish har bir bokschining orzusi. Ular boks afsonalari. Ularni butun dunyo tan olgan. Meyvezer va Pakyaoga muxlislik qilaman. Ular har bir jangida muxlislar ishonchini oqlashgan. Ularning har ikkisiga ham tan bermay iloji yo'q. 


-Biz taniydigan sportchilar ichidan o'zingizga yaqin uch kishini ayting (Nuriddin 77)

-Yoshlikdan birga o'sgan do'stlarim - Bahodir Jalolov, Murodon Ahmadaliev, Elnur Abduraimov. Ular bilan bir uyda katta bo'lganmiz. Kezi kelganida birga och qolganmiz. CHirchiqda doim birga bo'lganmiz. Aynan yuqorida sanab o'tgan bokschilar och va to'q vaqtimizda birga bo'lgan do'stlarmiz.


-63 kg vazn toifasida Elnur Abduraimov yoki Iqboljon Xoldorov? (Nuriddin 77)

-Elnur Abduraimov. U o'ziga bildirilgan ishonchni oqladi va Ammanda o'tkazilgan licenzion turnirda chempion bo'ldi. Uning jangi murosasiz kechdi. Elnurdan ko'pchilik kutmagandi, men o'zim ham kutmagandim. Ammo, unga ishonchim bor edi. U ishonchni oqladi va musobaqa chempioni bo'ldi. 


-69 kg vazndachi? SHahram yoki Bobousmon?

-Hozir SHahram aka professional boksda faoliyatini olib bormoqda. Prof boksga o'tgani sportchiga tasir qiladi. CHunki, SHahram akaning texnikasi juda kuchli. Havaskor boksda juda kuchli formada edi, o'z vaqtida Olimpiya o'yinlari, jahon chempionati g'oliblarini musobaqadan chiqarib yubordi. Lekin, prof boksning qoidalari boshqacha. Bobousmon esa Osiyo o'yinlarida, Osiyo chempionatida oltin medal qo'lga kiritdi. Jahonda uchinchi raqamli bokschi bo'ldi. Bu borada Bobousmonning erishgan yutuqlari qanoatli deb bilaman. 


-91 kg vaznda Madiyar Saidrahimov yoki Sanjar Tursunov?

-Ularning har ikkisi ham to'g'risini aytsam yaqin ukam bo'ladi. Har ikkisi ham yaxshi sportchi. Masalan Sanjar Tursunov istedodli sportchi. Lekin, shu bilan birga biroz mehnatdan qochadi. Agar u mehnat qilishdan to'xtamasa unga etadigan bokschi bo'lmaydi. Madiyar esa mehnat evaziga ko'tarilgan sportchi hisoblanadi. Har ikkisini ham teng saviyadagi bokschi desam bo'ladi. CHunki biri juda ko'p mehnat qiladi, ikkinchisi esa juda istedodli. Ularning har ikkisi ham xalqaro musobaqada o'zlariga bildirilgan ishonchni oqlashmoqda. Unisi ham, bunisi ham natija ko'rsata oladi. Ularning har ikkisini ham yaxshi deb hisoblayman. 


-Siz ayni paytda BoxRec talqiniga ko'ra jahon miqyosida 25-o'rinda bormoqdasiz. Kelasi jangigiz kamar uchun bo'ladimi yoki reyting jangi sifatida tashkil etiladimi? (Nazarbek Otaboev)

-Ayni paytda menejerlar bu borada ish olib borishmoqda. Hozirda virus sabab ushbu jarayon biroz to'xtab turibdi. Agar o'xshab qolsa, chempionlik jangi ham amalga oshishi mumkin. Ammo, biz harakatdan to'xtamaymiz. Kim rozi bo'lsa o'sha bilan jang qilaman.


-Osiyo chempionatidagi nohaqlikdan so'ng siz havaskor boksdagi faoliyatni to'xtatishingizni, asosiy etiborni prof boksga qaratishingizni aytgandingiz. Ammo, yaqinda Iordaniyadagi licenzion musobaqada -75 kg vazn toifasida muvaffaqiyatsizlikka uchradik. Aytingchi, agar O'zbekiston boks federaciyasi sizga Franciyadagi licenzion musobaqada ishtirok etish taklifi bilan chiqsa, bunga rozi bo'larmidingiz? (Kolya)

-Albatta. CHunki, bu birinchi navbatda burchimiz. Bundan tashqari orzuim ham bor. SHuningdek, xalqimiz ham buni kutmoqda. -75 kg vazn toifasida ko'plab musobaqalarda qatnashdim. Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimga ham bu bo'yicha yozishmoqda. Xudo xohlasa licenzion musobaqaga tayyorlanib, licenziya olib, Tokioda ham bayrog'imizni yuqori ko'tarish istagim bor. 

-Prof boksga oid savol. -69 kg vazn toifasida jang qilish sizni qiynamayaptimi? Kelajakda vazn o'zgartirish rejada bormi? (Qodirali Umarov)

-Prof boksda vazn tushirishning o'z yo'llari bor. Unda siz qiynalmaysiz. SHuning uchun ham ushbu vaznda chempion bo'lib, keyin boshqa vaznga o'tsam bo'ladi. Albatta o'zgartirish niyatim bor, ammo bu chempionlik kamarini qo'lga kiritganimdan so'ng bo'ladi. 


-Keyingi jangingiz qachon bo'ladi? Murodjon Ahmadalievning rekordini yangilash uchun ajoyib imkoniyatingiz bor. Bu imkoniyatdan foydalanish uchun kimlar bilan muzokara olib borish lozim. Bu sizning qo'lingizdami? (Nazarbek Otaboev savoli)

-Bu chempionlik kamari uchun muzokaralarni associaciya rahbariyati hal qiladi. Biz faqat taklif bildirishimiz mumkin. Buni vazn chempionlari hal qiladi. Bu albatta men uchun yaxshi. CHunki, har bir sportchi rekord o'rnatishni istaydi. Men prof boksdagi debyutimdayoq 10 raundlik jang o'tkazgandim. Bu borada chempionlik kamarini qo'lga kiritsam, o'zbek boksi uchun yorqin qadam bo'ladi deb o'ylayman. 


-Gamburgdagi JCHda faqatgina SHahram G'iyosov jahon chempioni bo'lgandi. Qolgan bokschilarimiz, shu jumladan sizga o'shanda nima etishmagandi? (Monster Proud Wolf)

-O'sha holatni ko'rganlar, buni javobini juda yaxshi biladi. Ko'rmaganlar, uni boshqattan ko'rib chiqishlarini tavsiya qilaman. Hakamlikmi yoki omadmi, nima bo'lganda ham barchasi yaxshilikka bo'ldi. O'shandan so'ng men Osiyo o'yinlari chempioni bo'ldim, Osiyo chempioni bo'ldim. Osiyo o'yinlarining eng yaxshi bokschisi bo'ldim. Bu bilan to'xtab qolmasligim kerak. 


-75 kg vazn toifasida jahon miqyosida qaysi bokschi sizga asosiy raqobatni ko'rsatishi mumkin?

-Ushbu vaznda raqobat juda katta. Sanab o'tadigan bo'lsam, ukrainalik Xijnyak, shuningdek filippinlik Marsiyal, qozog'istonlik Amankul. SHuningdek, rossiyalik Gleb Baxshi ham jahon chempioni hisoblanadi. U ham xavfli bokschi. Lekin, ulardan boshqa bokschilar ham bor. Ringga har kim g'alaba qozonish uchun chiqadi. 


-Rio Olimpiadasida sizni ko'rmaganmiz. U vaqtdagi natijangiz qanday bo'lgan? Boksga qachon kirib kelgansiz? (Abbos)

-Boksga 11-12 yoshimda kirib kelganman. 2016 yilda o'z xatoim sabab musobaqadan qolib ketganman. O'shanda vaznim oshib ketgandi. CHunki, 2014 yili eng yosh sportchi sifatida Osiyo o'yinlarida kumush medal olganman. 2015 yili medalga davogar bokschi sifatida etirof etishgandi. Lekin, vaznimning ko'tarilib ketishi mag'luiyatga olib keldi. SHu tariqa men jahon chempionatidan ham, licenzion musobaqadan ham qolib ketdim. Keyin esa vaznimni o'zgartirdim. O'sha vaqtda -69 kg vazn toifasida edim va ko'p holatda vaznimni tushirishga to'g'ri kelardi. Bu orqali o'zimni yaxshi his qila olmasdim. -75 kg da esa o'zimni yahshi sezaman va chiroyli boks ko'rsata olaman. 


-"Matchroom Boxing" promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Xirn bilan munosabatlaringiz haqida gapirib bering. 

-Eddi Xirn jahon miqyosida eng tajribali promouter desam adashmayman. U menga katta ishonch bildirmoqda. Har bir jangim oldidan va jangdan keyin kelib qo'llab-quvvatlaydi. Uning "kelajakdagi yorqin chempionlardan birisan" degan mazmundagi gaplari menga yanada kuch bag'ishlaydi. Xudo xohlasa maqsad sari intilishda harakat qilamiz. 


-Vaqtingizni ayamay, saytimiz ofisiga tashrif buyurganingiz uchun tashakkur. Sizga g'alabali janglar va albatta chiroyli saltolarni tilab qolamiz. Intervyu so'ngida olamsport.com sayti muxlislariga tilaklaringiz. 

-Olamsport.com sayti hurmat qilib chaqirganiga, muxlislarimiz ham qiziqib savol yo'llashgani uchun rahmat aytmoqchiman. Duo qiling va biz Xudo xohlasa ishonchingizni oqlab, chiroyli g'alabalarni qo'lga kiritamiz. 

Yana bir dolzarb mavzu - koronavirus. Fursatdan foydalanib, barchangizni ozodalikka, gigiena qoidalariga rioya qilishga chaqiramiz. O'zingizni ehtiyot qiling, barchaga rahmat!

Reyting: +1   

Fikrlar

   
04 apr 14:35:35
Judo 1
Tokio olimpiyadasida qatnashadigan bo'lsa ushbu 75 kg vaznda ham bemalol medal olish imkoniyatimiz bo'ladi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing