So’nggi yangiliklar

16:47Элдор Шомуродовнинг Туркияга йўл олиши футболчининг фойдасига ишлайдими ёки зарарига? 0 16:26Мужибилло Турсунов WBC Гран-присида иккинчи ғалабасига эришди 0 16:11Арина Соболенко 1/4 финалга чиқди 0 15:50Шаҳрам учун имконият!? Жейрон Эннис чемпионлик камарларини вакант қолдирди 0 15:29Қозоғистонлик депутат: "Қозоғистон ўз камчиликлари устида ишлаши ва бошқаларнинг муваффақиятидан сабаб изламаслиги керак" 0 15:08Қиличбозлик бўйича Осиё чемпионатида навбатдаги медалга эга чиқдик 0 14:47Лондон (ATP). Карлос Алькарас уч ярим соатлик учрашув ўтказди 0 14:26Ўзбекистон терма жамоаси жаҳон чемпионатининг аралаш жамоавий баҳсларидаги юришини бошлади ФОТОГАЛЕРЕЯ 1 14:05Суперлига. Бугун 13-тур давом эттирилади 0 13:44UzChess Cup. Бироздан сўнг шахматдаги ўзбек "Эл Классико"си бошланади (Жуфтликлар) 0 13:23Пауло Костанинг рус спортчисига қарши жанги кечиктирилди 0 13:02Кураш – халқаро ҳарбий спорт кенгашининг расмий спорт тури! 0 12:41Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ кутилмаганда ютқазиб қўйди + ВИДЕО 0 12:20Ислам Махачев — Жек Делла Маддалена жанги санаси бўйича маълумот берилди 0 11:59Барча жанглар ўз кучида қолдими? UFC Baku турнири иштирокчилари тарозига чиқишди 0

17 jan 13:00
Yangiliklar

Boks/MMA

Intervyu. Kanada promoushenlarida hamyurtlarimizni albatta ko'rasiz

Dunyoning istalgan nuqtasida yurtdoshlarimizni uchratish mumkin.

Sportchilar, tadbirkorlar, talabalar, boring-ki, ko'plab kasb egalari horijda samarali faoliyat yuritishmoqda. Ular orasida ish bilan birgalikda yurtimiz imidjiga ham xissa qo'shayotganlar ko'plab topiladi. Tasodifan, Facebook tarmog'i orqali ana shunday insonlardan biri, uzoq Kanadada istiqomat qilayotgan hamyurtimiz Sarvar Jalolov bilan hamsuxbat bo'lib qoldim. Natijada mo'jazgina intervyu paydo bo'ldi. Suxbatimiz asosan MMA hamda boks haqida kechganligi va o'zi ham bu borada yaxshigina xabardor ekanligini inobatga olib,  mazkur intervyuni Olamsport.com sayti o'quvchilariga taqdim etishga qaror qildim.



- Dastlab, Kanadaga borib qolishingiz haqida tasavvurga ega bo'lsak?

- Kanadada 11 yildan beri yashayman, 15 yoshimda oilamiz bilan birga Toronto shahriga  ko'chib borganmiz. U erda 8-sinfdan o'qishni boshladim. Maktabda  erkin kurash to'garagi mavjud bo'lib, sportdagi dastlabki qadamimni erkin kurash bilan boshladim. Erkin kurash hayotimda juda katta rol o'ynagan.  Musofirchilikda sport,  odamni to'g'ri yo'ldan adashmaslik uchun muxim omil hisoblanar ekan.

-Asosan sizni suxbatga chorlashimga sabab, mashhur bokschi va MMA vakillari bilan tushgan rasmingiz va birgalikdagi mashg'ulotlaringiz sabab bo'ldi. Bu borada  professional faoliyat yuritasizmi, balki o'ziga xos natijalar qayd etgandirsiz?

-Professional faoliyat yuritmayman. SHunchaki bu insonlar bilan do'stona munosabatdaman. Qolaversa, o'zim uchun mashg'ulotlar olib boraman. Xavaskor janglarda ishtirok etganman.  Faqat sportda qolganimda hozir profida ham jang olib borayotgan bo'larmidim. Afsuski, xavas bilan sharoit har doim ham uyg'un xolatda bo'lavermas ekan. Bu erda yashash, kundalik sarf-harajatlar juda ham qimmat. SHuning uchun barcha diqqat etiborimni sportga qarata olmaganman.


-Balki, Kanada zaminida faoliyat olib borayotgan biz bilmagan sportchilarimiz bordir?

-Afsuski bu zaminda o'zbek sportchilari yo'q desa ham bo'ladi. Xabaringiz bor, deyarli barchasi AQSHda yashab o'sha erda jang o'tkazishadi. Kanadada MMA, erkin kurash, boks kabi sport turlari yaxshi rivojlanmagan. Bu erda xokkey va kishki sport turlariga etibor yuqori.

-Unda Georges St-Pierre UFC chempioni hisoblanadi. Sizning fikrlaringizga zid emasmi?

-Nafaqat Jordj Sent Pier, Misha Cirkunov, Tidjey Grant, Rori Makdonalnd kabi UFC ning yorqin yulduzlari etishib chiqqan. Men umumiy tarzda fikr bildirdim. Garchi bu sport turlari ommaviy miqiyosda rivojlanmagan bo'lsada, juda kuchli promoushenlar bor. Eng quvonarlisi mazkur promouterlik kompaniyalari bilan juda yaxshi aloqadaman. Misol uchun, taniqli bokschi, bu erdagi eng yaqin do'stim Artur Beterbiev Kanada promoushenlarini nomidan janglar o'tkazadi va shu erda mashg'ulotlar olib boradi.

-Artur Beterbiev bizning boks ixlosmandlari uchun juda tanish bo'lgan prof boksdagi yorqin yulduz. Lekin xavaskor boksda hamyurtlarimiz Abbos Atoev va Elshod Sobirovlar bilan to'qnash kelganda g'alaba qo'proq bizning vakillarimiz tomonda bo'lgan. Yaqin do'st ekansiz. Balki  bu baxslar haqida so'zlab bergandir?

-Ochig'i yo'q. Lekin barcha janglarni ko'rganman. Yurtimizning xavaskor boksdagi saloxiyatini nafaqat Artur balki Kanadada ham yaxshi bilishadi.


-Yuqorida  promoushenlar bilan yaqin aloqadaman deb takidlab o'tdingiz. Balki hamyurtlarimizga  Kanada promouterlik kompaniyalari eshigini ocharsiz?

-Bu borada dastlabki odimlarni tashlaganimga ancha bo'ldi. Asl maqsadim ham shundan iborat. O'zbek jangchilari haqidagi barcha malumotlarni kuchli promoushenlarga tarqatib chiqqanman. Yaqin orada ulardan javob keladi. Nasib qilsa, xali yurtdoshlarimiz Kanada orqali AQSH oktagonlari va ringlarini zabt etishadi.

-Sir bo'lmasa, qaysi sportchilarni tavsiya qildingiz?

- Sunnat Ilyasov  bilan hamkorlikda ish yuritmoqdamiz, chunki ularni yaxshi bilaman. Dadamning qadrdon do'stlari bo'ladi. Sunnat aka menga ko'p shogirdlarini tavsiya kildi. Masalan, Xasan va Xusan Baratovlar, Dadaxon Xasanov, Mansur Tugizbaev va boshka sportchilar xam bor. Qolaversa, shunchaki  tavsiya qilish bilan cheklanib qolganim yo'q. 2018 yilda juda katta rejalarimiz bor. Kanada va O'zbekiston sportchilari o'zaro hamkorlikda MMA va erkin kurash bo'yicha o'quv-mashg'ulot yig'inlarini yaratish ishlarini olib borayapmiz. Yosh sportchilarimiz uchun mahorat saboqlarini(master klass) o'tkazish borasida kanadalik mashhur jangchilar bilan kelishuvga erishish arafasidamiz.  Albatta bularning barchasini amalga oshirish biroz vaqt talab qiladi. Orzuim, yurtimiz jangovar sportining ravnaq topishi va sportchilarimizning yuqori natijalar qayd etishiga xissamni qo'shish. Bu borada qo'ldan kelganicha harakat qilaman. SHu o'rinda  aytib o'tishim lozim, MMAni, umuman jangovar sport turlarini rivojlantirish kerak ekan, barcha birdek harakat qilish darkor. Aravani har qayoqqa tortgan bilan biror bir natijaga erishib bo'lmaydi.  Murabbiylar, sportchilar orasida sog'lom raqobat va axillik bo'lsa, bir-biridan o'rganishdan uyalmasa, albatta o'zbek yigitlari jahonni zabt etadi.

Mazmunli suxbat uchun tashakkur!


Ahmadbek ESHMATOV suxbatlashdi


Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing