So’nggi yangiliklar

09:26"Ал Насср" ОФКдан "Ал Васл"га техник мағлубият ёзишни талаб қилмоқда 0 09:00Жавоҳир Синдаров — Clutch Chess: Champions Showdown 2026 чемпиони! 0 08:31Стрикленд - Имавов реванш жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 07:46Баҳодир Жалолов IBA President's Cup турнирида иштирок этади(ми?) 0 07:09Таниқли боксчи Эдгар Берланга Флоридада ҳибсга олинди 0 23:16Россия чемпионати тўпурари Ўзбекистонга қарши ўйинда иштирок этишдан бош тортди 0 22:45"Сизни қон кутмоқда". Адесанья UFC’даги навбатдаги жанги учун шартнома имзолаганини эълон қилди 0 22:04Конор Макгрегорнинг мураббийи шогирдининг жангларга қайтиш эҳтимолини баҳолади 0 21:30АCА 209: Холмурод Нурматов ва Саидёқуб Қаҳрамонов иштирокидаги турнирнинг тўлиқ карди билан танишинг 0 20:56МЮ ҳужумчиси йил охиригача сафдан чиқди 0 20:13UFC 334 чемпионлик жангининг захира иштирокчиси эълон қилинди 0 19:32Guangzhou Open. Кудерметова ва Тимофеева жуфтликда 1/4 финалга чиқди 0 18:57Махачевнинг мураббийи Исламнинг ММАдан кетишидан олдин кимлар билан жанг қилишини кўришни исташини ошкор қилди 0 18:21Англия Лига кубоги 1/4 финал қуръаси натижалари маълум бўлди 0 17:43Фёдор Емельяненко: "Дана Уайт фаолиятимни бўғиб қўймоқчи эди" 0

23 iyu 09:49
Yangiliklar

Boks/MMA, Intervyular

INTERVYU. Otabek Xolmatov jarohati, operaciya va tiklanish jarayoni, Top Rank bilan kelishuvga erishgani va keyingi jangini qachon o'tkazishi haqida gapirdi

Teglar :  Otabek Xolmatov
Yarim engil vazn toifasida WBA kamari uchun davogar Otabek Xolmatov Olamsport.com muxbiri bilan suhbatlashdi.

Suhbatda Otabek oyog'idagi jarohati va tiklanish ishlari, Top Rank bilan kelishuvga erishgani va keyingi jangini qachon o'tkazishi haqida gapirdi.

- Sobiq raqibingiz Raymond Ford o'zining birinchi himoya jangini o'tkazdi. Uning Nik Bollga qarshi jangini tomosha qildingizmi? Jang sizni nimasi bilan lol qoldirdi?

- Ha, bu jangga keladigan bo'lsak, ikkalasi ham juda kuchli bokschilar edi. O'sha boks oqshomidagi janglarni tomosha qildim. Ayniqsa, Ford bilan Bollning jangi qiziqarli bo'ldi. Nasib qilsa, ular bilan qachonlardir ringda ko'rishamiz.

- Raymond Ford haqida nima deysiz? U o'zini ilk himoya jangidayoq mag'lub bo'ldi. Buni kutganmidingiz?

- Men Ford jangda g'alaba qozonsa kerak, deb o'ylagan edim. Lekin raqibi unga qaraganda g'alaba uchun ko'proq harakat qildi. Uning omadi ham keldi va g'alaba qozondi.


- Hozirgi holatingiz haqida gapirsangiz. So'nggi jangingizda jarohat bilan harakatlangan edingiz.

- Hozirgi holatimga kelsak, oyog'imdan jiddiy jarohat olgan ekanman. Alhamdulillah, jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o'tdi. Oyog'im sekin-astalik bilan o'zining holatiga qaytmoqda.

- Qaerda va qaysi jamoa bilan shug'ullanyapsiz?

- Ayni paytda AQSHning Kaliforniya shtati, Indio shahrida o'zimizning o'zbek bokschilari, akalarim bilan birga bo'lib turibman. In SHaa Alloh, endilikda janglarimni Top Rank promouterlik kompaniyasi o'tkazadi. Oyog'imdagi jarohat ancha yaxshilanib qoldi. Nasib qilsa, yilning oxirigacha ringga qaytaman.

Malumot uchun, sirdaryolik 25 yoshli charm qo'lqop ustasi prof boksda hozirgacha 13 ta jang o'tkazib, 12 g'alaba va 1 mag'lubiyat qayd etgan. U yagona mag'lubiyatini mart oyida amerikalik Raymond Forddan qabul qilib olgandi. Mazkur jang yarimengil vaznda WBA kamari uchun o'tkazilgan edi.

Diyor Mavlonov suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing