So’nggi yangiliklar

20:01Аспиналл янги жанг борасида музокара кетаётганини айтди 0 19:40"Севинч" - 14 карра Ўзбекистон Кубоги соҳиби! 0 19:25Петр Ян Дейвисон Фигейредога қарши! UFC Макао турнирининг барча натижалари битта саҳифада! 0 19:19Петр Ян ва Дейвисон Фигейредо жанги тўлиқ давом этди 0 18:32UFC Макао. Co main event жанги тўлиқ давом этди 0 17:56Муслим Салиховнинг UFC Макао турниридаги жанги биринчи раунддаёқ якунланди 0 17:25Богдан Гусковнинг собиқ рақиби Волкан Оздемир UFC Макаода жанг қилди 0 17:09Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти" 0 16:30Эдди Хирн катта жанг ваъда қилди 0 15:58Адесанья фаолиятини якунлаш ҳақида ўйлаётганини айтди 0 15:21Билол Муҳаммад: "Ян Фигерейдуни осонлик билан мағлуб этади" 0 15:00"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти 0 14:38Париж-2024 чемпиони проф боксга ўтишини эълон қилди 0 14:15Ҳумоюн Султонов Калабурагида бош соврин учун кортга чиқади 0 13:54Prezident Kubogi. Бугун 3-турда ўзбек дербисига гувоҳ бўламиз 0

19 iyu 18:51
Yangiliklar

Dzyudo, Tokio-2020

Intervyu. Rishod Sobirov: “Asosiy maqsadim – Olimpiada chempionligi”

Sportsevarlar orasida Rishod Sobirov nomini bilmaydiganlar topilmasa kerak?! Dzyudo olamida o'z iqtidori va mehnati bilan ulkan zafarlar quchgan sportchimiz yana bir Olimpiadada ishtirok etadi. Keling, polvonning o'ylari bilan o'rtoqlashsak...

Rishod Sobirov – 1986 yil 11 sentyabrda Buxoro viloyati Jondor tumanidagi Burbog'i qishlog'ida tug'ilgan. 11 yoshida dzyudo bilan shug'ullana boshlagan.

Sportdagi faoliyati

2008 yil Buxoro davlat universitetini tamomlagan. 2005 yil 12-14 noyabr kunlari Xitoy Taypeyida yoshlar o'rtasida o'tkazilgan Osiyo birinchiligida 1-o'rinni egallagan Rishod oradan ikki yil o'tib, 12-18 may kunlari Quvaytda tashkil etilgan qita chempionatida kumush medalga sazovor bo'ldi. O'sha yilning 17-19 martida Qozog'istonning Almati shahridagi xalqaro turnirda 3-o'rinni egalladi. 2008 yil 23-29 aprelda Janubiy Koreyaning CHedju shahrida Osiyo chempionatda 5-o'ringa loyiq topildi. SHu yili Xitoyning Pekin shahri mezbonlik qilgan Olimpiya o'yinlarida bronza medali bilan taqdirlandi. 3-6 oktyabr kunlari Yaponiyaning Tokio shahrida jamoalar o'rtasida jahon chempionatida kumush medal sovrindori bo'lgan.


2009 yil 20-23 mart kunlari Germaniyaning Gamburg shahrida o'tgan xalqaro turnirda 1-o'rinni qo'lga kiritgan qahramonimiz 15-25 mayda Xitoy Taypeyidagi Osiyo chempionatida yana bronza medalini qo'lga kiritadi.

2010 yilning 16-18 yanvar kunlari Janubiy Koreyaning Suvon shahridagi xalqaro turnirda birinchi, 4-6 fevralda Franciyaning Parij shahridagi xalqaro turnirda ikkinchi, 7-11 may kunlari Tunisning Gammart shahri mezbonlik qilgan xalqaro turnirda birinchi, 11-17 may kunlari Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o'tgan xalqaro turnirda ikkinchi, 1-5 iyul kunlari Rossiyaning Moskva shahrida o'tgan xalqaro turnirda 1-o'rinlarni egallagan. 6-12 sentyabr kunlari Yaponiyaning Tokio shahrida o'tkazilgan jahon chempionatida oltin medalini qo'lga kiritgan.

O'sha yilning 13-16 noyabr kunlari Xitoyning Guanchjou shahrida o'tgan XVI Osiyo o'yinlarida 1-o'rinni egallashga muvaffaq bo'ldi. SHundan keyingi natijalari juda ham sermahsul bo'ldi. 2011 yil 5-7 fevralda Ozarbayjonning Boku shahrida o'tkazilgan xalqaro turnirda 1-o'rinni qo'lga kiritadi. 5-6 fevralda Parij, 20-25 mayda Moskva turnirlarida oltin medalni qo'lga kiritgan Rishod 23-27 avgustda o'tgan jahon chempionatida (Parij) bosh sov­rin sohibi bo'ladi.

2012 yil 9-12 yanvar kunlari Qozog'istonning Olmaota shahrida o'tgan turnirda kumush, 1-12 fevralda yana o'sha Parijda o'tkazilgan xalqaro turnirda oltin medallarni qo'lga kiritadi. London-2012 yozgi Olimpiya o'yinlarida yana bir bronza medalini qo'lga kiritib, shaxsiy sov­rinlarini boyitib oladi.


Mukofotlari

2003 yildan terma jamoasi azosi. Xalqaro toifadagi sport ustasi.

2008 yili “O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan mukofotlangan.

2012 yilda esa “O'zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Ulkan orzular

- Men hech qachon hamma qatori orzu qilmaganman. Orzuim boshqalarnikidan jiddiyroq bo'lgan, mehnatim ham shunga yarasha bo'lardi. Olot tumanidagi kurash maktabida o'qib yurgan vaqtlarda chempionlik, ayniqsa olimpiadada g'olib bo'lish eng yuksak orzum bo'lgan, - deydi R.Sobirov.


CHempionlik formulasi

- Har bir sportchi o'z oldiga katta maqsad qo'yishi shart. Olimpiya, jahon chempioni bo'laman, deb. Keyin shu maqsad sari intilib mehnat qilishi kerak. Har bir g'alabaning siri – qatiy tartib-intizom va mashg'ulotlarda ter to'kib ishlashdan iborat. Mehnat, mashaqqat, sabr, harakat – hamma sport turida yutuqlarning garovi hisoblanadi.

Asosiy raqiblar...

- Bu – sport. Kimda tayyorgarlik va ishtiyoq yuqori bo'lsa, kim omadli bo'lsa, o'sha g'olib bo'ladi. Boshqa raqiblar xususida gapiradigan bo'lsam, portugaliyalik, yaponiyalik, mo'g'ulistonlik kurashchilardan ham biror narsa kutish mumkin. Yaponiyalik Sato Abe o'smirlar o'rtasidagi Olimpiada g'olibi. Yosh va mahoratli ekanligini kattalar o'rtasidagi bir qator turnirlarda ham g'alaba qozonib, isbotlay oldi.

Koreyalik An Baulni anchadan beri kuzatib boraman. Janubiy Koreyada tashkil etilgan yig'inlarimizda u bilan ko'p kuch sinashib ko'rganman. Haqiqatda kuchli raqib. Uning bu darajada etishiga ustozi, Olimpiada chempioni CHo Min Xoning xizmatlari katta. O'zining janglarida ustozi qo'llagan usullardan ko'p foydalanadi.


60 kilogrammdagi o'rinbosarlar

       - Bu vaznda 2 ta biri-biridan kuchli va yuqori texnika ega bo'lgan yoshlarimiz bor. Ular – Diyorbek O'rozboev va SHarofiddin Lutfullaev. Har ikkisi ham o'tgan yili xalqaro arenalarda yuqori natijalarga erisha olishdi (O'rozboev o'tgan yilgi jahon chempionatida Olimpiada sovrindorini ippon bahosi bilan enga olgan). Umidimiz mana shunday yoshlardan. Nasib qilsa, ular bu vaznda meni natijalarimdan ham yuqorilarini ko'rsata olishadi. Men har bir raqibimni mahoratini, ojiz tomonlari hamda ustun tomonlarini hisobga olib qatiy belgilangan reja asosida ish tutishga harakat qilaman. Vaznim 60 kg bo'lgan vaqtda har bir raqibimni o'rganib chiqqan edim. Bugun 66 kg dagi raqiblarimni o'rganish bilan bandman. Eng asosiy raqiblarim Rossiya, Koreya va Yaponiya polvonlari.

Yangi vazn - 66 kg

     - O'tgan yillarda vaznim oshib 70 kg ga etdi. Bu vazndan 60 kg ga tushishni o'zi bo'lmaydi. Bu sog'lik uchun ham zarar bo'lishi mumkin. SHu sababdan endi 66 kg vaznda musobaqalarda ishtirok etaman. 66 kilogramm vaznda yangi raqiblar ko'p emas. Deyarli hamma 60 kilogrammdan chiqqan polvonlar. Olimpiadada ham baribir shular chiqadi.

Oldingi vaznda barcha raqiblarim bilan ishlab, ulardan ustunligimni his qilganman. Har bir vaznni o'ziga yarasha professional sportchilari bor. Katta vaznga o'tgach, shu 1,5-2 yil davomida barcha raqiblarim bilan kurashib ko'rdim. O'ziga yarasha kamchilik va yutuqlarim malum bo'ldi. Xudo xohlasa, 66 kilogramm vaznda ham chempion bo'la olaman. Bunga ko'zim etadi.


Raqiblarga o'zgacha

- Ko'nglim bo'shligi balki to'g'­ridir, ammo faqat o'zimga yaqin deb bilgan, meni ardoqlagan va men ardoqlaydigan insonlarga nisbatan mehribonman, xolos. Raqiblarimni esa, ayab o'tirmayman.

 To'xtamaslik

 - Imkoniyat darajasida mehnat qilyapman, eng muhimi vaqtida qilingan samarali va astoydil mehnat, rejim va erishgan muvaffaqiyatlarda to'xtab qolmaslik. Men esa doimiy harakatdaman.

 Kuragi erga tekkanda

- Londonda o'tgan yozgi Olimpiya o'yinlarida oltin medalni olaman, deb nihoyatda ko'p harakat qilgandim. Bronza medal olgan vaqtimda ruhiy tushkunlikka tushganman. O'zimni ko'niktirishim qi­yin bo'ldi. Keyin medalsiz qol­gandan ko'ra, bronza olib keldim-ku, degan umid bor edi, xolos.


 Hazrat polvon avlodi

- Polvonlar ikki xil bo'ladi, birinchisi, ajdodi kurashchi bo'lgan polvon, ikkinchi turi esa mashaqqatli va rejim asosida mehnat qilgan polvonlar. Qondan o'tgan polvonlar 70 foiz harakat qilib, Xudo bergan iqtidori bilan 100 foiz mehnat qiladigan sportchini er tishlatishi mumkin. Mening bobom xalq orasida dong'i chiqqan va kuragi erga tegmagan Hazrat polvon bo'lgan. Demak, qonimizda polvonlik bor.

Vatan sharafi

 - Prezidentimiz sportni rivojlantirishga katta etibor berayapti. Men va yurtdoshlarim qo'lga kiritayotgan g'alabalar zamirida mana shu g'amxo'rlik yotadi. O'zbekiston yoshlarining bir vakili sifatida nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirok etish va Vatanim shanini himoya qilish men uchun sharafdir. Yurt sharafini himoya qilish, davlatimiz bayrog'ini doimo baland tutish – bizning muqaddas burchimizdir. Bu tuyg'u bizga g'ayrat-shijoat bag'ishlaydi, yangi-yangi g'alabalar sari ruhlantiradi.


 Oila

 - Uylanganman, ikkita o'g'lim bor. To'ng'ich o'g'lim 5 yoshda, kichigi olti oylik. Farzandlari kelajakda yaxshi va el yurtga foydasi tegadigan inson bo'lib etishishidan umidvor bo'lgan har bir ota farzandlar tarbiyasiga masul bo'ladi.

 Vadaga vafo...

 - Asosiy maqsadim – Olimpiada chempionligi. Ustozlarim Andrey Anatolevich va Armen Yurevich bilan barcha raqiblarimni individual o'rganib chiqyapmiz. Kimga to'qnash kelishim mumkinligi, ularning ustun va zaif tomonlarini o'rganib yuribmiz. Tabiiyki, bellashuvlarda o'zimda ham nozik nuqtalar chiqadi. Mana shu jihatlarni bartaraf etish borasida ham ishlaymiz. Londondan qaytganimizda muhtaram yurtboshimizga “Men Riodan, albatta, sizga Olimpiadaning oltin medalini olib kelaman”, deb vada berganman. Nasib qilsa, shu vadamning ustimdan chiqaman.


 

Manbalar asosida Musulmonbek IBROHIMOV tayyorladi

“News Arena” gazetasining 2016 yil 21-sonidan olindi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing