So’nggi yangiliklar

02:46Рамазон Темировнинг Каванага қарши жангидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 02:15Темиров Каванага, Ян Двалишвилига қарши, Волкановски эса Евлоев билан жанг қилди! UFC 333 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 00:29UFC 333: Рамазон Темиров иштирокидаги жанг биринчи раундда якунланди 0 17:15UFC 333: Рамазон Темировнинг Лоне Каванага қарши жанги Тошкент вақти билан соат нечада бошланади? 0 15:23U-15 Жаҳон Кубоги ва фестивали. Ўзбекистон Ганага мағлуб бўлди 0 13:54Дакар-2026: Ўзбекистон сузиш баҳсларида икки спортчи билан қатнашади 0 12:47Бугун UFC 333 турнири ўтказилади: Темиров – Кавана, Ян – Двалишвили ва бошқа жанглар 0 10:03Бугун Тожикистонда ёшлар ўртасида Dushanbe Grand Prix Juniors 2026 турнири старт олади 0 09:26Царукян ва Чимаев жанг қилган RAF 14 турнирининг барча натижалари 0 19:20Бенавидес ва Чесляк ўртасидаги бирлаштирувчи жанги расман эълон қилинди 0 18:45"Ризеспор" бош мураббийи Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳолати ҳақида маълумот берди 0 18:07Чимаев вакант UFC камари жанг қилишга тайёр 0 17:29Ненад Лалович UWW президенти лавозимига қайта сайланди. У сайловда ягона номзод эди 0 16:50Хайме Мунгия Бектемир Мелиқўзиев билан келаси йил жанг қилмоқчи 0 16:16Абдуқодир Ҳусанов УЕФА Чемпионлар лигасидаги энг тезкор марказий ҳимоячи деб топилди 0

18 avg 14:43
Yangiliklar

Boks/MMA, Tokio-2020

Intervyu. SHahram G'iyosov final, "Ronalducha sakrash" va boshqalar haqida

Kuni kecha bokschimiz SHahram G'iyosov Olimpiadaning kumush medali sohibiga aylandi.


- Assalomu alaykum SHahram. Olimpiadaning kumush medali muborak bo'lsin!
- Tabrik uchun katta rahmat! Fursatdan foydalanib, meni qo'llab-quvvatlab turgan barchaga o'z minnatdorchiligimni bildirib o'tmoqchiman.

- Final jangi haqida nima deya olasiz? Qozoq bokschisi nimani hisobiga g'alaba qozondi?
- Fikrimcha, unga ushbu jangda omad kulib boqdi :)

- Qo'lga kiritilgan medalni kimga bag'ishlaysiz?
- Avvalambor, meni oq yuvib, oq tarab voyaga etkazgan ota onamga. Qolaversa, butun Olimpiada davomida meni qo'llab-quvvatlab turgan yurtdoshlarimga bag'ishlayman. Ularga buning uchun katta rahmat aytib qolaman. Bu medal butun O'zbekistonniki. Istiqlolimizning 25 yilligi uchun sovg'a.


- Braziliyadagi Olimpiada davomida siz 5 ta jang o'tkazdingiz. Ular orasida amaldagi Olimpiada va jahon chempionlari ham bo'lgandi. SHularni hisobga olgan holda aytingchi, ushbu janglar orasidagi eng qiyini qaysi bo'ldi?
- Ushbu janglar orasida Olimpiada chempioni Raniel Iglesias va litvalik Staniosisga qarshi janglar qiyinroq bo'ldi. SHukrki, janglarda yurtdoshlarimni uyaltirib qo'ymadim.

- Ana endi "Ronalducha sakrash" haqida aytib o'tmasangiz bo'lmaydi. Bu fikr qaerdan keldi?  G'alabani avval ham shunday nishonlaganmisiz?
- Bungacha agar g'alaba qozonib yarim finalga chiqadigan bo'lsa g'alabani Ronalduga o'xshab nishonlayman deb niyat qilib qo'ygandim.


- Bu "Real" jamoasining muxlisi ekanligingiz sababmi yoki Ronalduning?
- Ronalduning muxlisiman. Portugaliyalik futbolchining maydondagi harakatlarini kuzatish juda yoqadi.

- Endi qachon O'zbekistonga qaytasizlar?
- Kelasi hafta nasib qilsa yurtimizga qaytib ketamiz.

- Tushunarli. Yana bir marotaba ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz.
- Rahmat katta. Etibor uchun barchaga minnatdorchilik bildirib qolaman.


Aziz To'xtamurodov suhbatlashdi

Reyting: +1   

Fikrlar

+3   
18 avg 14:53:07
SoccerlanD
Рональдуни узи бу сакрашга канака изох бергани хакида у бу сайтда янгилик йукми?
+2   
18 avg 14:59:39
ellboy
SoccerlanD foydalanuvchining fikriga javob berish
Рональдуни узи бу сакрашга канака изох бергани хакида у бу сайтда янгилик йукми?
bor xursand va hayron qolganini aytgan
   
18 avg 19:40:22
joha
Wahramcik sen biz ucun chempionsan!!!!
   
18 avg 17:23:57
SarvarPARKENTLIK 2706
Final haqidagi javob bn tagidagi surat ros mos tuwibdida wunday zarbalarni ötkizvorgan qozoq bokschisiga rostdan ham "JICHCHA OMAD" "kulib boqqani" bois g'alaba qozongani takidlangan...
   
18 avg 15:32:22
nodirbobo
Tuzuroq narsani niyyat qilish kerak edi. Marokashlik bokschi yutqazsayam ringda xudoga shukr qilib turibdi bu bola... . Mayli xali yoshda yaxshi bub ketar.
   
18 avg 15:23:48
SoccerlanD
ellboy foydalanuvchining fikriga javob berish
bor xursand va hayron qolganini aytgan
Шу хакда янгилик килинса сал кизикрок буларди
   
18 avg 15:08:01
A0001
ofarin
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing