So’nggi yangiliklar

13:35Жейк Пол: "WBA ва WBC мени рейтингга киритиш устида ишламоқда" 0 13:14ХОҚ Лос-Анжелес-2028 Олимпиадасидан ўрин олган спорт турлари дастурини расман тасдиқлади. Океан ортидаги ўйинлар учун 6 та янги спорт тури қўшилди 0 12:53Бугун Асламжон Ортиқов Таиландда жанг қилади 0 12:32Тео Эрнандеснинг “Ал Ҳилол“да қанча маош олиши маълум 0 12:11Муроджон Аҳмадалиев илк бизнесини йўлга қўйди (ВИДЕО) 0 11:50UzChess Cup. Бугун ғалвир сувдан кўтарилади, уччала гуруҳда ҳам чемпион бўлишимиз мумкин 0 11:29Шоҳасан яна ўйиндан чиқди. Octagon 75 марказий жангида Азамат Нуфтиллаевни кўрамиз + ПОСТЕР 0 11:08Элдор Шомуродов келажаги борасида бир қарорга келди 0 10:47Исроил Мадримов фарзандли бўлди (ФОТО) 0 10:26UzChess Cup. Абдусатторов жаҳон чемпиони билан ўйнади, ўзбек дербисида муроса, 8-турнинг барча натижалари битта хабарда 0 10:05Анкалаев Перейра билан реванш қачон ўтказилишига ишора берди 0 09:44Суперлига. Қаршида турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади 0 09:23PFL World Tournament 7 иштирокчилари тарозига чиқишди, иккита жанг бекор қилинди 0 09:02Қайсери турниридаги теннисчиларимиз рақибларига йўлни курашсиз бўшатиб беришди 0 08:41Топурия ва Оливейранинг илк face to face маросими дўстона руҳда ўтди + ФОТО 0

08 okt 11:00
Yangiliklar

Boks/MMA

Intervyu. SHahram G'iyosov futbol, eng qiyin jang va boshqa narsalar haqida

Saytimiz orqali jahon chempioni SHahram G'iyosov bilan uyushtirilgan intervyuni etiboringizga taqdim etamiz.


- Har bir sportchining xalqaro sport arenasida erishgan ilk katta yutug'i o'zi uchun hamisha qadrli bo'ladi. Keling, suhbatimizni sizning ana shu muvaffaqiyatingiz haqidagi fikringiz bilan boshlasak.

- Birinchi yutug'im bu 2014 yili talabalar o'rtasida bo'lib o'tgan jahon chempionatida qo'lga kiritilgan. Men o'shanda jahon chempioni bo'lgandim. Bu mening ilk xalqaro musobaqam edi. Undan keyin esa Sidney Jakson xalqaro xotira turnirida g'olib bo'lganman. O'zbekiston chempionatida kumush medal bilan taqdirlanganman. Aynan 2014 yilda Beloyarskda  bo'lgan jahon Kubogida  g'olib bo'lib, ushbu turnirning eng yaxshi bokschisi deb topilganman. 2015 yili O'zbekiston chempionatida odatdagidek 64 kg emas, vaznimni o'zgartirib 69 kgda mamlakat chempioni bo'lganman. 2016 yili Osiyo-Okeaniya mintaqasi saralash musobaqasida chempioni bo'lib, Rio Olimpiadasiga yo'llanmani qo'lga kiritganman. Xabaringiz bor, o'tgan yili to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasida kumush medal bilan taqdirlandim. Bu yil men uchun yana ham omaddi keldi. Toshkentda o'tgan Osiyo, Gamburg shahri mezbonlik qilgan jahon chempionatlarida shoxsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildim. Muxlislar so'roviga ko'ra jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi deb ham topildim. Buning uchun avvalo, Allohimga va meni dunyoga keltirib, ulg'aytirgan ota-onamga, qariyb 15 yillik hamrohim Ravshan Xo'jaevga minnatdorchilik bildiraman. Ularning yordami va ko'magi bo'lmaganida, men hozir qarshingizda SHahram G'iyosov bo'lib intervyu berib o'tirmasdim. 



- SHoxsupaga chiqqaningizda va yurtimiz bayrog'i ko'tarilib, madhiyamiz yangraganida, ko'nglingizdan qanday kechinmalar o'tadi?   

- (ancha o'ylanib turib) O'sha paytdagi ichki kechinmalarimni tariflashga til ojiz. Buni boshidan o'tkazgan sportchilarimiz juda yaxshi bilishadi. Bu har bir sportchining orzusi, maqsadi desam adashmayman. Ota-bobolarimiz bejizga mehnatning tagi rohat, deyishmagan ekan. SHoxsupaga ko'tarilganimda qiyinchiliklar esdan chiqib ketadi. Uning gashti boshqacha. G'alabadan keyin oladigan sovrinlaringiz bu xis-tuyg'ularning oldida uchinchi yoki to'rtinchi darajaga tushib qoladi. Menga hozir siz bergan savolni berishsa hamisha yuragim to'lib ketadi.



- Boksda sportchi uchun eng kerakli narsa nima?

- Sportda ham, hayotda ham eng avvalo maqsad va o'ziga ishonch bo'lishi kerak! Agar inson oldiga aniq maqsad qo'yib, shunga qarab intilsa, o'zi istagan natijaga erisha oladi. Hayotda har qanday vaziyat bo'ladi. Xuddi shunday sportda ham. Senga ishonadiganlar ham, ishonmaydiganlar ham bo'ladi. Qachonki, ortdan kimdir yiqitadigan zarba bergan taqdirda ham yiqilmasliging kerak. O'rningdan turib yana oldinga borishing, ruhan o'zingni ko'tarishing va buni engib o'tishing shart. Sportda mag'lubiyatlar etarlicha bo'ladi. SHunday holatlarda sport menga emas ekan, deb tashlab ketmaslik lozim. Ochig'i, menda ham shunday vaziyat bo'lgan. O'zimga aytishmasa ham, orqamdan gapirishgan. Bo'ldi, endi u ko'p yutqazyapti, sport uning uchun emas, borib boshqa kasbni qilsin, deganlar ko'p bo'lgan. Lekin men o'zimga ishonishda davom etganman. Ota-onam, murabbiylarim, do'stlarim menga ishonishgan.


- Agar siz futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi safida o'ynaganingizda, Xitoy yoki Janubiy Koreya darvozasini ishg'ol qila olarmidingiz?

- Savolingiz juda joyiga kelib tushdi. Bilasizmi, men futbolni juda ham yaxshi ko'raman. Agar bokschi bo'lmaganimda, aniq futbolni tanlardim. Hozirgacha erishgan yutuqlarimdan kelib chiqib shuni aytishim mumkinki, futbolda ham natija ko'rsata olardim. CHunki, o'zimga bo'lgan ishonch yuqori. Bu esa muvaffaqiyatim omili bo'lardi. SHu o'rinda bir savol tug'iladi: nega evropalik futbolchilar gol uradi, biznikilar esa yo'q? Bizni ulardan qaerimiz kam? Yoki bizga nima etishmaydi? Muhtaram Yurtboshimiz sport uchun barcha imkoniyat eshiklarini ochib qo'yganlar. Nahotki, ular shundan ham foydalana olishmaydi? Bunga javob bitta! O'z ustida ishlashmadi va etarlicha mehnat qilishmadi. Bu gaplarim bilan men ularni yomonlamayapman, ulardan iltimos qilyapman. Xalqimiz gapirdi, ishondi, afsuski, foydasi bo'lmadi. Boks misolida olsak, bu sport turiga etibor kuchayganiga 3-4 yil bo'ldi. Natija esa darhol ko'zga tashlandi. Futbolga etibor berila boshlaganiga necha yil bo'ldi? Hukumatning qanchadan-qancha Qaror va Farmonlari elon qilindi. Etar endi, qachongacha davom etadi bu. Vatanimiz shani uchun jon kuydirish vaqti keldi. Biz o'zbekmiz – bu o'ziga xon, o'ziga bek degani. Har sohada har tomonlama “Bek”ligimizni ko'rsatishimiz shart.



- Ustozlaringizning kaysi fazilatlarini qadrlaysiz va o'zingiz uchun olgansiz?

- SHaxsan mendan ustoz chiqmaydi deb o'ylayman. CHunki, ulardagi sabr va matonatni ko'rganda qoyil qolganman. Birinchi sinfga borganimda hali aqlimni ham tanimasdim. Men kabi bolalarning 30 nafariga kerak bo'lsa, 30 marta qayta takrorlab ilm berishgan. O'zligimni tanitgan, xarflarni o'rgatgan ustozlarga rahmat aytaman. Ustoz va murabbiylar oilasidan ham ko'proq shogirdlari yonida bo'ladi. Ustoz va murabbiylarimdagi ana shu sanab o'tgan  fazilatlarini qadrlayman.  

- Bugun siz kabi chempionlik darajasiga etishni orzu kilgan yosh ukalaringizna qanday maslahat berasiz? Sizningcha, ota-onasi qarshi bo'lgan taqdirda ham taniqli sportchi bo'lib etishishi mumkinmi?

- Juda qiyin. Agar qattiq mehnat qilsa, peshonasiga chempionlik baxti yozilgan bo'lsagina erishishi mumkin.

- Sizdan yaxshigina aktyor ham chiqardi, shunday emasmi?
 
- SHu kungacha 2-3 ta klipda suratga tushdim. Qo'limdan keladigan ish, desam yanglishmayman. Rejissyorlar men haqimda badiiy film olishmoqchi ekanliklarini aytib qo'ng'iroq qilishadi. Bu juda ham yoqimli holat. Lekin bunga vaqtim etmaydi, deb o'ylayman. Afsus...

- Faoliyatingiz davomida siz uchun eng og'ir kechgan uchrashuv va unda nimadan kuch olgansiz?

- G'alaba osonlikcha qo'lga kiritilmaydi. Barcha janglarim qiyin kechgan. Lekin eng qiyini Jahon chempionatida Buyuk Britaniya bokschisi bilan jangda kechgan. Raqibim jismonan baquvvat edi. Men esa ruhan kuchli edim. O'shanda yurtga bo'lgan muhabbatim menga kuch bergan.

Ustoz shogirdi hakida....

Ravshan Xo'jaev: "SHahram 2003 yildan etiboran boks bilan shug'ullanishni boshlagan. Uni sportga yo'naltirishda otasi va amakisining alohida o'rni bor. Ular SHahramning qalbida ilk bor boksga mehr uyg'otishgan. U paytlarda men o'z ustozimga yosh sportchilar bilan ishlashda ko'maklashardim. 2005 yili esa murrabbiy bo'ldim. SHahram o'zining tirishqoqligi, intiluvchanligi bilan  boshqalardan ajralib turar edi. U hamma narsaga tezroq erishishni, tezroq chempion bo'lishni xohlardi. SHogirdimning  yutuqlari ortida tinimsiz mehnat, tizimli mashg'ulotlar zahmati yashirin. U o'z orzusiga erishdi va ishlashda davom etmoqda. Bunda ozmi-ko'pmi, mening ham xissam borligidan, yillar davomidagi mashaqqatli mehnati o'z mevasini berganidan xursandman.




Gulmira Gulyamova suhbatlashdi

Reyting: +3   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing