So’nggi yangiliklar

02:46Рамазон Темировнинг Каванага қарши жангидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 02:15Темиров Каванага, Ян Двалишвилига қарши, Волкановски эса Евлоев билан жанг қилди! UFC 333 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 00:29UFC 333: Рамазон Темиров иштирокидаги жанг биринчи раундда якунланди 0 17:15UFC 333: Рамазон Темировнинг Лоне Каванага қарши жанги Тошкент вақти билан соат нечада бошланади? 0 15:23U-15 Жаҳон Кубоги ва фестивали. Ўзбекистон Ганага мағлуб бўлди 0 13:54Дакар-2026: Ўзбекистон сузиш баҳсларида икки спортчи билан қатнашади 0 12:47Бугун UFC 333 турнири ўтказилади: Темиров – Кавана, Ян – Двалишвили ва бошқа жанглар 0 10:03Бугун Тожикистонда ёшлар ўртасида Dushanbe Grand Prix Juniors 2026 турнири старт олади 0 09:26Царукян ва Чимаев жанг қилган RAF 14 турнирининг барча натижалари 0 19:20Бенавидес ва Чесляк ўртасидаги бирлаштирувчи жанги расман эълон қилинди 0 18:45"Ризеспор" бош мураббийи Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳолати ҳақида маълумот берди 0 18:07Чимаев вакант UFC камари жанг қилишга тайёр 0 17:29Ненад Лалович UWW президенти лавозимига қайта сайланди. У сайловда ягона номзод эди 0 16:50Хайме Мунгия Бектемир Мелиқўзиев билан келаси йил жанг қилмоқчи 0 16:16Абдуқодир Ҳусанов УЕФА Чемпионлар лигасидаги энг тезкор марказий ҳимоячи деб топилди 0

23 okt 15:41
Yangiliklar

Boks/MMA

Intervyu. SHohjahon Ergashev nokaut, keyingi yilgi chempionlik jangi va boshqalar haqida

Teglar :  IntervyuBoks
AQSHning BoxingTalk internet nashri o'zbekistonlik bokschi SHohjahon Ergashev bilan intervyu uyushtirdi.

Etiboringizga, ushbu intervyuning o'zbek tilidagi talqinini taqdim etamiz.


- 11 noyabr kungi jangga qanday tayyorgarlik ko'ryapsiz?


- Tayyorgarlik ajoyib bo'ldi. Menga AQSHda shug'ullanish, Detroydda mashg'ulotlar olib borish yoqmoqda.


- AQSHda debyut qilasiz. HBO telekanali orqali translyaciya qilinadigan ushbu katta shou haqida nima deya olasiz?

- Mening jangga tayyorgarligim yuqori darajada. 11 noyabr kungi to'qnashuvga tayyorman. Promouterim o'z ishini bajardi. Endi esa mening navbatim. Nyu-Yorkda, umuman, mamlakatda muxlislarim ko'p. SHuningdek, Rossiyadan ham mening jangimga keladiganlar bo'ladi. O'sha kuni shou ko'rsatishga tayyorman.




- Bundan keyin janglaringiz Amerika Qo'shma SHtatlarida bo'ladimi?

- Xa.


- AQSH debyuti oldidan qandaydir qo'shimcha bosimni his qilyapsizmi?

- Men masuliyatni his qilyapman. Bu er juda katta sahna. O'zimni butun dunyoga va AQSH boks olamiga ko'rsatib qo'yish uchun yangi imkoniyatdir.


- Markes Xautornga qarshi jang qilasiz. U haqida nimalarni bilasiz?

- Kimga qarshi jang qilayotganimni menga farqi yo'q. Men raqiblarimni mag'lub etish uchun qattiq tayyorgarlik ko'ryapman.



- G'alabadan so'ng yana qanday taxminlaringiz bor?

- Nokaut. Raqib kim bo'lishidan qatiy nazar.


- Jangdan nimalarni kutmoqdasiz?

- 11 noyabr kuni mening AQSHdagi sarguzashtlarimga ilk qadam tashlanadi. Men g'alaba qozonib, keyingi yili chempionlik jangida ishtirok etmoqchiman. Bu jang esa men kelganligimni barchaga ko'rsatib qo'yuvchi to'qnashuv bo'ladi.


- Suhbat yakunida nimalar deyishi istaysiz?

- Men shunchaki professional bokschi emasman. Men jahon chempionligi kamarini yutib olmoqchiman. Hozir AQSHdaman va birinchi o'rtaengil vazn toifasi yanada kuchayadi. Agar kamar senda bo'lsa, men sendan uni olib qo'yish uchun bormoqdaman.


Reyting: +2   

Fikrlar

+1   
23 okt 16:20:57
Aslanbek
Ажойиб интервью рахмат. Шохжахонга келгуси фаолиятида омад. Мухтарам админлар ва спорт мухлислари 18-23 октябрь кунлари Озарбайжоннинг Боку шахрида ўтказилган грепплинг кураши бўйича жаҳон чемпионати натижалари хақида ёзиб юборинглар кимда маълумот бўлса илтимос. Менда фақат Tas ix сайтларга допуск бор холос, мировой сайтларга киролмайман.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing